Ma’ruzalar

Matematik terminlar va belgilar

Matematika ta’limida foydalaniladigan terminlar va belgilar,

ularning kelib chiqishi hamda lug’aviy ma’nosi

1. Matematika – yunoncha so’z bo’lib, fan, bilim ma’nosini bildiradi. Buni Pifagor kiritgan(e.o.VI asr).
2. Arifmetika – yunoncha “ a r i t h n i o s ” so’zidan olingan bo’lib,son san’ati degan ma’noni bildiradi.
3. Algebraal-Xorazmiyning “Al – jabr va al – muqobala” asaridagi al – jabr so’zining evropacha talaffuzi bo’lib, o’zbek tilida tiklash, to’ldirish ma’nosini bildiradi.
4. Geometriya – yunoncha “geometreo” so’zidan olingan bo’lib , yer o’lchash ma’nosini bildiradi.
5. Trigonometriya – yunoncha so’z bo’lib, uchburchallarni o’lchash, yoki uchburchaklarni yechish degan ma’noni bildiradi.
6. Aksioma – yunoncha so’z bo’lib, isbot talab qilinmaydi degan ma’noni bildiradi.
7. Gipoteza – yunoncha so’z bo’lib, faraz qilish degan ma’noni bildiradi.
8. Teorema – yunoncha so’z bo’lib, mulohaza yuritlgan degan ma’noni bildiradi.
9. Formula – yunoncha so’z bo’lib, ma’lum qonun degan ma’noni bildiradi.
10.Figura – yunoncha so’z bo’lib, rasm, shakl degan ma’noni bildiradi.
11.Koordinatalar metodini 1637 yil Dekart kiritgan. Klero XVIII asrda fazoda uch o’lchovli to’g’ri burchakli koordinatalar sistemasini kiritdi.
12.Funksiya – yunoncha so’z bo’lib, bo’ladigan, bajariladigan degan ma’noni bildiradi. Atamani 1673 yilda Leybnis kiritgan. Eyler “Analizga kirish”(1748) asarida to’liq klassifikatsiyasini beradi va y=f(x) yozuvni kiritadi.
13.Algoritmal – Xorazmiy nomining evropalashtirilgan ko’rinishi bo’lib,qadam – baqadam degan ma’noni bildiradi.
14.Piramida – yunoncha so’z bo’lib, olov shaklidagi jism degan ma’noni bildiradi.
15.Parallelepiped – yunoncha so’z birikmasi bo’lib, yonma – yon boruvchi tekisliklar degan ma’noni bildiradi.
16.Tetraedr – yunoncha so’z birikmasi bo’lib, to’rt yoqli degan ma’noni bildiradi.
17.Geksaedr – yunoncha so’z birikmasi bo’lib, olti yoqli degan ma’noni bildiradi.
18.Oktaedr – yunoncha so’z birikmasi bo’lib, sakkiz yoqli degan ma’noni bildiradi.
19.Dodekaedr – yunoncha so’z birikmasi bo’lib, o’nikki yoqli degan ma’noni bildiradi.
20.Ikosaedr – yunoncha so’z birikmasi bo’lib, yigirma yoqli degan ma’noni bildiradi.
21.Katet – yunoncha so’z bo’lib, shoqul degan ma’noni bildiradi.
22.Gipotenuza – yunoncha so’z bo’lib, tarang tortilgan degan ma’noni bildiradi.
23.Radius – yunoncha so’z bo’lib, nur degan ma’noni bildiradi.
24.Diametr – yunoncha so’z bo’lib, ko’ndalang degan ma’noni bildiradi.
25.Diagonal – yunoncha so’z birikmasi bo’lib, ikki burchak orqali o’tuvchi degan ma’noni bildiradi.
26.KoeffisientDekart koeffisientlarni a , b , c , . . . harflar bilan , no’malumlarni esa x , y , z , . . . harflar bilan belgilagan .
27.Qo’shish “ + ” va ayirish “ – ” Ya. Vidman 1489 yilda kiritdi.
28.Ko’paytirish – “ ⋅ ” Regiomontan 1461 yilda kiritdi. “ x ” belgini U.Outred 1631 yili kiritgan.
29.Bo’lish – “ :” arab olimlari kiritgan . Hozirgi ko’rinishni 1684 yilda Leybnis taklif etgan.
30.Tenglik – “ = ” belgini R.Rekard 1557 yilda kiritgan .
31.Qavslar – kvadrat qavslar [] ni R.Bombelli 1550 yilda, doiraviy qavslar () ni Tartal’ya 1552 yilda , figurali qavslarni {} ni F.Viet 1593 yilda kiritgan.
32.Oraliqlar – (a,b) va <a,b> hamda <a,b) va (a,b> ko’rinishlarda Kovalevskiy 1909 yilda kiritgan. [] , ] [ belgilarni Burbaki 1956 yilda kiritgan.
33.Gradus – yunoncha so’z bo’lib, daraja yoki bosqich degan ma’noni bildiradi.Ptolomey graduslarni – qismlar, minutlarni – shtrix, sekundlarni – ikkita shtrix bilan belgilagan . Hozirgi ko’rinish ,, ˚ “ , ,, ‘ “ , va ,, » “ larni 1558
yilda Peletse kiritgan .
34.Parallel – yunoncha so’z bo’lib, yonma – yon boruvchi degan ma’noni bildiradi. ,, // “ belgini U.Outred 1677 yili kirigan.
35.Perpendikulyar – yunoncha so’z bo’lib, tikka turuvchi degan ma’noni  bildiradi. ,, ” belgini Erigon 1634 yilda kiritgan.
36.Katta – kichik – “ > ” , “ < ” belgilarni G.Garriod 1631 yilda kiritgan . Qat’iy bo’lmagan tengsizliklarni P.Buge 1734 yilda kiritgan .
37.Burchak – “< ” belgini U. Outred 1657 yilda kiritgan . a va b tomonlar orasidagi burchak – (a ^ b) belgini Bine 1813 yilda kiritgan .
38.Ko’rasatkich – a² , a³ , . . . belgilarni R.Dekart 1637 yilda kiritgan . Bu ko’rinishlar dastlab Arximed asarlarida ham uchraydi . XVII asrda Shtifel’ kasr va manfiy daraja ko’rsatkichkarini kiritdi.
39.IldizDekartning “Geometriya” (1637) ishlatiladi . Hozirgi ko’rinishda M.Roll 1690 yilda kiritadi.
40.Logarifm – kashfiyotchilari Neper (1614) va Byurgi (1620) , belgilashni XV asrda Shoke kiritgan. Hozirgi ko’rinishini esa Pringsxeym 1893 yilda kiritgan . Ln belgini Kepler 1624 yilda kiritgan .E.Gyunter 1620 yilda
logarifmik shkalani ishlab chiqdi .
41.Sin, Cos, tg belgilarni I.Bernulli 1739 yilda taklif etgan va Eyler 1748 yildan sistemali ishlata boshlagan .
42.Ant’e ( sonning butun qismi) – Lejandr 1798 yilda y = E(x) deb belgilaydi ,1808 yilda Gauss y = [x] belgilashni kiritadi.
43.ModulK.Krashi 1808 yilda | x | belgini kiritdi .
44.FoktarialK.Krashi 1841 yilda n! belgini kiritdi.
45. π,eEyler 1706 yilda kiritdi .
46. Kompleks son –Italiya matematigi R.Bombelli 1572 yilda kompleks sonlar ustida asosiy amallarni bajaradi va Kardanoning “sofistik minuslari” – a + bi ko’rinishga kelishini aniqlaydi. Nomni esa Gauss bergan.
47.Matrisa va determinant atamalirini O.Koshi 1815 yilda. Matrisa 
determinant belgilarni E. Keli 1841 yilda kiritdi .
48.Limitni  U. Gamilton 1853 yilda kititdi.
49.Differensial dx belgini Leybnis 1675 yilda kiritdi.
50.Hosila y ‘ belgini Lagranj 1770 yilda kiritrdi .
51.Integral  ∫ belgini Leybnis 1676 yilda kiritdi . Eyler 1770 yilda karrali integralni , Lagranj 1772 yilda uch qavatli integralni kiritdi .
52.O’nli pozitsion sistema va nol 550 – yili xind matematigi Vxoskaraning asari orqali kirib keldi. Uniong dunyoga tarqalishida al – Xorazmiyning “ Xind hisobi haqida qisqacha kitob” asari katta rol o’ynadi. XII asrdagi lotin
tiliga tarjimasi bilan u Evropaga kirib keldi va “arab raqamlari” nomi bilan tarixga keldi .
53.O’nli kasrlar J . Koshiyning 1427 yilda yozilgan “ Arifmetika kaliti ” asari orqali kirib keldi . Evropada 1585 yili S.Stevin tomonidan qayta kashf etildi.Hozirgi ko’rinishdagi yozilishini Viet kiritgan.
54.Birinchi hisoblash mashinasi – arifmometr fransuz olimi B.Paskal 1642 yilda ixtiro qilgan. Ammo 1985 yilda Keplir arxividan nemis olimi V.Shikkard 1623 yili bunday mashina yaratganligi haqida ma’lumot topilgan. 1674 yilda Lebnits,1874 yilda Peterburglik olim Odnir takomillashtirgandan so’ng arifmometr keng qo’llanila boshladi.

Muallif haqida

Foziljon Anapiyayev

Andijon viloyati, Baliqchi tumani .O‘zbekiston xalq ta’limi a’lochisi

8 ta fikr

Fikr bildiring