Bilimlar bellashuvi va olimpiadalar

Olimpiada matematika IX tur masalalari (5-sinf)

Siz bu yerda saytimizda muntazam chop etilayotgan matematika fanidan 5-sinf o’quvchilariga mo’ljallangan «Olimpiada» turkum maqolalaridan navbatdagi «Olimpiada IX tur» masalalarini  e’tiboringizga havola qilyapmiz.Berilgan masalalarni yechib ko’rishga harakat qiling.

5- sinf IX tur olimpiada masalalari

1) Qo’ylar va g’ozlar birgalikda 44 ta oyog’i va 15 ta boshi bor.Qancha qo’y qancha g’oz bor?

2) Agar Ziyodullo 15 ta daftar sotib olsa, unda 7 so’m qoladi, agar 20 ta shunday daftar olsa, unga haridi uchun 8 so’m yetmaydi.Ziyodulloda qancha pul bor?

3) 101⋅ 111111-101101⋅ 111 ni hisoblang.

4) Nabirasi necha oylik bo’lsa buvining yoshi shuncha.Agar ular birgalikda 78 yosh bo’lsalar , nabira necha yoshda buvi necha yoshda?

5) 3×6 o’lchamdagi to’g’ri to’rtburchakni ikkita teng oltiburchakka ajratish mumkinmi?

6) Maktab olimpiadasida 30 ta topshiriq berildi.To’g’ri javob uchun 13 ball, noto’gri javob uchun 10 ball jarima solindi.Qatnashchilaridan bir o’quvchi hamma savolga  javob berib 160 ball to’pladi.O’quvchi nechta savolga to’g’ri javob bergan?

7) To’g’ri to’rtburchakning tomonlari ayirmasi 7 ga teng.Kichik tomoni katta tomonining 65 %ini tashkil qiladi.To’g’ri to’rtburchakning perimetrini toping.

8)  Yoyiq burchak 3 qismga shunday bo’linganki, ulardan biri ikkinchisidan 2 marta kichik, uchinchisidan 3 marta kichik.Har bir burchakning gradus o’lchovini toping.

9) Ikkita sonning yig’indisi 51 ga teng.Agar ulardan birining 30 % i ikkinchisining 60 % iga teng bo’lsa , shu sonlarni toping.

10) Non pishirish uchun un qancha olinsa shuncha suv olinadi.Tandirda non o’zining 30 % og’irligini yo’qotadi.7 tonna non yopish uchun qancha un olish kerak?

Muallif haqida

Foziljon Anapiyayev

Andijon viloyati, Baliqchi tumani .O‘zbekiston xalq ta’limi a’lochisi

1 ta fikr

Fikr bildiring