“Xo‘p” o‘yini
Matematika faniga oid juda ko‘p o‘yinlar mavjud. Ulardan biri “Xo‘p” o‘yinidir. Bu o‘yin quyidagicha o‘ynaladi:
Bu o‘yinda ikki o‘yinchidan tortib, istalgancha o‘yinchi ishtirok etishi mumkin. O‘yinni boshqaruvchi qatnashchilarga shartni tushuntiradi. Bunda 1 dan boshlab natural sonlarni sanash lozim. Har 3 ga karrali son kelganda, bu sonni aytmay “Xo‘p” deyish kerak. Agar qatnashchi 3 ga karrali sonni aytib qo‘ysa yoki to‘xtab qolsa, u yutqazadi va o‘yinni tark etadi. Qolgan o‘yinchilar o‘yinni yana kelgan sondan boshlab davom ettiradi. O‘yin bitta qatnashchi qolguncha davom etadi va u g‘olib sanaladi.
Masalan:
1,2,xo‘p,4,5, xo‘p,7,8, xo‘p,10,11, xo‘p,13,14, xo‘p,16, …
2. “Matematik atamalar” o‘yini
Bu o‘yinda ham bir necha kishi ishtirok etishi mumkin. Qatnashchilar bir qator bo‘lib turishadi va navbat bilan har bir qatnashchi matematika faniga oid atamalarni aytishadi. Bunda bir qatnashchi aytgan atamani boshqa qatnashchi aytib qo‘ysa, u o‘yinni tark etadi. Agar qatnashchi atama bilmay 5 soniya to‘xtab qolsa ham u o‘yinni tark etadi. O‘yin bitta g‘olib qolguncha davom etadi.
Masalan:
Son, kesma, natural son, modul, uzunlik, qo‘shish, ayirish, bo‘lish, ko‘paytirish, parabola, to‘g‘ri chiziq, uchburchak, to‘rtburchak, …
Men ushbu testni ishlashdan maqsadim o’z bilimimni sinab ko’rish.
Muvaffaqiyat tilayman
Men sizdan 10- sinfga oid mantiqiy savollarni joylashtirishingizni soraman
kuzatib boring
Salom. Menga qiziqarli matematik o’yinlar kerak edi. Qayerdan olsam buladi yordam berolasizmi. Oldindan raxmat…
O’yinlarni ruscha saytlardan qidirib ko’ring
10-sinf o’quvchilari uchun qanday matematik o’yinlarni tavsiya qilasiz. Oldindan kattakon rahmat
Buni o’ylab ko’rish kerak hammani uslubi o’zgacha
Menga qiziqarli faktlar kerak matematikadan joylashtira olasizmi?
Qanday faktlar to’laroq yozing.
8-sinflar uchun ham online test tashkil qilishinizni sorayman
Harakat qilamiz
9-sinf olimpiadasi testlari ni qayerdan topsa bo’ladi
Sayt materiallaridan foydalanishingiz mumkin.
Ajoyib oʻyinlar qoyil
Rahmat e’tibor uchun.
oyinlarni programmalarini tashlang
O’yinlar menda yo’q