Ma’ruzalar

O‘quvchilarni bilimlar bellashuvi va olimpiadaga qanday tayyorlash mumkin?

Mavzu: O’quvchilarni fan olimpiadalari va “Bilimlar bellashuvi” musobaqalariga

tayyorlash usullari

REJA:

1) Fan olimpiadalari va “Bilimlar bellashuvi” musobaqalari haqida ma’lumotlar;

2) O’quvchilarni fan olimpiadalari va “Bilimlar bellashuvi” musobaqalariga tayyorlash;

3) Xulosa

4) Foydalanilgan adabiyot va internet manbalar

Barchamizga ma’lumki, hozirgi kunda yurtimizda maktab o‘quvchilari o‘rtasida turli fanlar bo‘yicha olimpiada va “Bilimlar bellashuvi “ musobaqalari  4 bosqichda o‘tkazilmoqda. Ular: maktab, tuman, viloyat va Respublika bosqichlari. Mazkur bellashuvlarda muvafaqqiyatli qatnashish uchun esa, eng avvalo o‘quvchilarni saralab olish va tayyorgarlik jarayoni to‘g‘ri tashkil etilishi zarur.

Bunda birinchi navbatda maktabda matematika faniga qiziqadigan o‘quvchilardan guruh tuzib olish maqsadga muvofiq. Buning uchun o‘quvchilarni boshlang‘ich sinflardanoq kuzatib, iqtidorli o‘quvchilarni saralab borish kerak.

O‘quvchilar guruhi tashkil etilganidan so‘ng ular ichidan eng yaxshi o‘zlashtirayotgan, fikrlash qobiliyati yuqori o‘quvchilarni ajratib olish kerak. Ular qolgan o‘quvchilar bilan “O‘rgataman –o‘rganaman” usulida mashg‘ulotlar olib boradi. Mazkur usul ish tajribamizda natijaviy samarasini bermoqda.

“O‘rgataman –o‘rganaman” usulining mohiyati shundayki, bunda guruhda eng iqtidorli o‘quvchilar qolgan o‘quvchilarning berilgan topshiriqlarni qanday bajarayotganini tekshirib, hal etilmay qolgan masala va mashqlarni birgalikda, jamoa bo‘lib hal qilishga kirishadi. Hal bo‘lmagan masalalar esa o’qituvchiga olib chiqiladi. Bundan tashqari, o‘quvchilar olimpiada va “Bilimlar bellashuvi”ga oid materiallar bilan tanishtirib borilishi kerak.

Boshlang‘ich va yuqori sinf o‘quvchilari bilimlarini sinash va ularni turli aql bellashuvlariga tayyorlashda  quyidagi havolada berilgan misol va mashqlardan foydalanishingiz mumkin.

Bilimlar-bellashuvi va olimpiadalarga tayyorlash usullari

Muallif haqida

Foziljon Anapiyayev

Andijon viloyati, Baliqchi tumani.
O‘zbekiston xalq ta’limi a’lochisi
Xozirda nafaqada.

19 ta fikr

Fikr bildiring

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.