Xabaringiz bor, saytimizda 2016-yil 19-noyabrdan boshlab 5-8-sinflar uchun «Bilimlar bellashuvi», 9-sinflar uchun olimpiadaga tayyorgarlik ko‘rishda yordam beruvchi misol va masalalar, ularning yechimlarini berib borishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirganmiz. Quyida 8-sinflar uchun mo‘ljallangan misol va masalalarni e‘tiboringizga havola etmoqdamiz. I tur topshiriqlari javobini 2016-yil 20-dekabrdan kechikmay elektron pochtamizda yoki saytda qoldirishingiz mumkin.
1.Do‘stlar Hamidullo va Ziyodulo bir-birinikiga mehmonga borishni yaxshi ko‘rishadi. Hamidullo doim bir xil tezlikda harakatlanadi. Ziyodullo esa har doim yo‘lning navbatdagi 1:3 qismida bir xil miqdorga tezligini oshiradi. Bu tezlikda Ziyodullo yo‘lning ikkinchi 1:3 qismida Hamidulloning tezligi bilan ustma-ust tushadi. Qaysi yo‘lga vaqt oz ketgan? (10 ball)
2. a, b, c o‘zaro juft-juft har xil bo‘lgan 3 ta sonni y = ax+a2; y= bx+b2 ; y= cx+c2 to‘g‘ri chiziqlar bitta nuqtadan o‘tadigan qilib tanlash mumkinmi? (10 ball)
3. Taxtada 10 ta son yozilgan. Ma’lumki, har bir son o‘zidan oldingisidan katta va o‘zidan oldingi sonlardan bittasiga qoldiqsiz bo‘linadi. Birinchi son 1 dan katta va barcha sonlarning yig‘indisi 275 ga teng. Taxtada yozilgan sonlarni toping. (10 ball)
4. Ifodani soddalashtiring:
(10-ball)
zõr
Rahmat.
rahmat
Sizga ham rahmat