Saytimizda 2016-yil 19-noyabrdan boshlab 5-8-sinflar uchun «Bilimlar bellashuvi», 9-sinflar uchun olimpiadaga tayyorgarlik ko‘rishda yordam beruvchi misol va masalalar, ularning yechimlarini berib borishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirganmiz. Mazkur topshiriqlardan barcha matematikaga qiziquvchilar foydalanishi ham mumkin. Qolaversa, ushbu ishlarni muntazam davom ettirishga o‘z hissasini qo‘shishni istagan barcha matematika fani o‘qituvchilarini hamkorlikka taklif qilib qolamiz. Demak, ishni I tur topshiriqlarini havola qilishdan boshlaymiz. Har bir tur topshiriqlari javoblarini har oyning 20-sanasidan kechikmay jo’natishingizni iltimos qilamiz. I tur topshiriqlari javobini 2016-yil 20-dekabrdan kechikmay elektron pochtamizda yoki saytda qoldirishingiz mumkin
5-sinf uchun
1-masala. 20102011 yozuvida ayrim raqamlar orasiga “+” yoki “-“ ishoralarini qo‘yib, 2012 hosil qiling. (10 ball)
2-masala. Tomonlari kvadrat shaklidagi hiyobonning har 10 metrida 1 tadan ustun turibdi. Bunda har bir burchakda 1 tadan ustun qat’iy turibdi. Har bir ustunga 4 tadan chiroq osishsa 5 ta chiroq ortib qoladi. Agar har bir ustunga 5 tadan chiroq osishsa 7 ta chiroq yetmaydi. Kvadrat shaklidagi hiyobonning yuzini toping.(10-ball)
3-masala. Bir oilada dada, oyi va farzand istiqomat qiladi. Oila a’zolarining ismlari: Sasha, Jenya va Valya. Tushlik paytida oila a’zolaridan ikki nafari quyidagicha gap qildi. Valya: “Jenya va Sasha- jinslari har xil. Jenya va Sasha – mening ota-onam”. Sasha: “Men –Valyaning dadasiman. Men –Jenyaning qiziman”. Agar har bir oila a’zosi bir marta haqiqatni aytib, bir marta xazilllashgan bo‘lsa, oiladagi farzandning familiyasi va ismini toping. (10 ball)
4-masala. Lemuriyada ikkita valyuta amal qiladi: dinor va saldo. Agar lemur 20 dinor to‘lasa, unga bitta sovutgich va 4 saldo qaytim berishadi. Agar lemur 15 dinor to‘lasa, unga bitta sovutgich va 1 saldo qaytim berishadi. Agar lemur sovutgich uchun 14 dinor to‘lasa, unga qancha saldo qaytim berishadi? (10 ball)
5-masala. V sinf o‘quvchisi Rayhona Foziljonova taxtaga 0 dan farqli bir son yozdi. Har bir yurishda taxtaga yozilgan sonni shunday o‘zgartirdiki, 2-yurishda bu son 2 ga, 3-yurishda 3-ga… qoldiqsiz bo‘lindi. Bunda Rayhona ushbu sondagi raqamlar tartibini o‘zgartirdi, sonning oxiriga biror raqam yozdi yoki oxirgi raqamni o‘chirdi. Agar 8-yurishdan so‘ng taxtada bir xonali son hosil bo‘lgan bo‘lsa, Rayhona buni qanday uddalagan? (10 ball)
Juda moroqli masala yechish joni dilim ammo nasb qilmadi uqish. Kelajakda farzanlarimni uqitishga xarakat qilaman zoro mening orzuyimni farzantlarim ruyobga chiqarsa vatanga kerakli kadir bulib foyda keltirsin
Juda to’g’ri fikr.Farzandlaringizga omad tilayman.
hammaga salom masalalar juda qiziqarli ekan qoil
Hursandman