Avval xabar qilganimdek, 2016-yil 8-9-noyabr kunlari Toshkentda “Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitishning zamonaviy metodologiyasi: muammo va yechimlar” mavzusida aniq va tabiiy fanlar o‘qituvchilari Forumi o‘tkazildi.
9-noyabr kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining majlislar zalida Forumning yalpi va sho‘’ba yig‘ilishlari o‘tkazildi. Yalpi yig‘ilishda barcha hududlarning ilg‘or tajribali pedagoglari, yetuk olimlar, aniq va tabiiy fanlardan maktab darsliklarining mualliflari va soha mutaxassislaridan iborat 350 nafar ishtirokchi qatnashdi.
Forumni O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov ochib, “Aniq va tabiiy fanlar ta’limida erishilgan yutuqlar va kelgusidagi istiqbol vazifalar” yuzasidan ma’ruza qildi va yalpi yig‘ilishni olib bordi.
Mazkur yig‘ilishda Ulug‘bek Inoyatovning qo‘lidan O‘zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi A’lochisi ko‘krak nishonini qabul qilib oldim.