Hurmatli sayt mushtariylari, e’tiboringizga matematika fanidan II tur olimpiada topshiriqlarini havola qilyapmiz. Siz azizlardan masalalar javoblarini 20.02.2017-yilgacha kutib qolamiz.
5-sinf. Olimpiada. II tur
- To‘g‘ri to‘rtburchakning bir tomonini 3 marta uzaytirildi, ikkinchi tomoni 2 marta kamaytirildi, natijada kvadrat hosil bo‘ldi. Agar to‘g‘ri to‘rtburchakning yuzi 54 kv.m bo‘lsa, kvadratning tomonini toping.
- Yozuv taxtasiga 61 soni yozilgan. Har bir daqiqada taxtadan son o‘chirilib, o‘rniga raqamlar ko‘paytmasi 13 taga orttirib yozildi. 1 daqiqadan so‘ng taxtada 19 hosil bo‘ldi. 1 soatdan keyin taxtada qanday sonni o‘qish mumkin?
- 10 ta 2 raqamidan qavs va amal belgilaridan foydalanib 100 sonini hosil qiling.
- Dada, o‘g‘il va qizcha maktabga ketyapti. Dadasi 3 qadam yursa, o‘g‘li 5 qadam yuradi. O‘g‘il 3 qadam yursa, qizcha 5 qadam yuradi. O‘g‘il va qizcha hisoblab ko‘rishsa, ular birgalikda 400 qadam yurishibdi. Dada qancha qadam yurgan?
- 10 litrlik va 6 litrlik idishlardan foydalanib bir idishda 8 litr suv oling.