Bilimlar bellashuvi va olimpiadalar

Olimpiadadan masalalar (6-sinf, II tur)

  1. 10 ta 3 raqamidan qavslar va arifmetik amallardan foydalanib 100 sonini hosil qiling.
  2. 2.ABCD to‘g‘ri to‘rtburchak perimetrlari bir xil bo‘lgan 4 ta teng to‘g‘ri to‘rtburchaklarga ajratildi. Agar AB= 18 sm, BC= 16 sm bo‘lsa, qolgan to‘g‘ri to‘rtburchaklar tomonlari uzunliklarini toping.
  3. Taxtada sonlar va yulduzchalardan iborat sonlar qatori berilgan. 5, ∗, ∗, ∗, ∗, ∗, ∗,8. Yulduzchalarni sonlarga shunday almashtiringki, qatorda ketma-ket turgan har qanday uchta sonning yig‘indisi 20 ga teng bo‘lsin.
  1.  Savatda 15 ta olma turibdi. Muhsinjon savatdan ukasi Xumoyunga nisbatan 3 marta ko‘p olma oldi. Xumoyunning opasi undan 3 marta kam olma oldi. Savatda qancha olma qolgan?
  1. 16 ta bola baliq oviga chiqishmoqchi bo‘ldi. Har bir bola etik va bosh kiyim kiyib olishi kerak edi. Lekin 10 ta bola etiksiz, 2 ta bola bosh kiyimsiz chiqishdi. Bosh kiyimli etiksiz bolalar qancha, etik kiygan bolalar qancha?

Muallif haqida

Foziljon Anapiyayev

Andijon viloyati, Baliqchi tumani.
O‘zbekiston xalq ta’limi a’lochisi
Xozirda nafaqada.

Fikr bildiring

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.