VII SINF GEOMETRIYA FANIDAN “UCHBURCHAK VA UNING TURLARI” MAVZUSI BO‘YICHA BIR SOATLIK DARS
ISHLANMASI
I. Mavzu: Uchburchak va uning turlari
- Darsning maqsadi:
a) Ta’limiy maqsad :
-o‘quvchilarni quyidagi tushunchalar bilan tanishtirish;
– uchburchak va uning elementlari haqida tushuncha;
– uchburchakning turlari;
– uchburchak perimetrini hisoblashni o‘rgatish;
b) Tarbiyaviy maqsad:
– o‘quvchilarni vatanparvarlik va estetik ruhda tarbiyalash;
– jamoa bilan ishlash ko‘nikmasini hosil qilish;
c) Rivojlantiruvchi maqsad:
– o‘rgangan bilim va ko‘nikmalarini umumlashtirib, xulosa chiqara olish;
– chiqarilgan xulosalardan amalyotda to‘g‘ri foydalana olish.
d) Kasbga yo‘naltiruvchi maqsad:
– o‘quvchilarni kelajakda kerak bo‘ladigan muhim kasblarga yo‘naltirish
Mavzuni o‘rganish jarayonida o‘quvchilar quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari kerak.
Bilimlar:
– uchburchak haqida tushunchaga ega bo‘lish;
– uchburchakning turlari haqida tushunchaga ega bo‘lish.
– uchburchakning perimetri nima ekanligini bilish;
Ko‘nikmalar:
– uchburchaklar shaklini chiza olish;
– uchburchaklarni tomonlari va burchaklari bo‘yicha turlarga ajrata olish.
– chizg‘ich yordamida berilgan uchburchakning perimetrini o‘lchay olish;
Malakalar:
– uchburchak va uning turlari mavzusiga oid sodda masalalarni mustaqil yecha olish.
Shakllantirilayotgan kompetensiyalar:
– kommunikativ, axborot bilan ishlash, umummadaniy.
Amalga oshirish usuli:
– guruhlarda va juftliklarda ishlash
III.Darsning uslubi: «aqliy hujum»,»bahs-munozara», «guruhlarda ishlash».
IV.Darsning jihozi:
VII sinf Geometriya darsligi, noutbook, sirkul, chizg‘ich, plakatlar, tarqatma materiallar, kartochkalar, testlar, krossvord, texnika vositasi (kodoskop) uchburchaklar modellari (metaldan yasalgan).
- Dars rejasi:
1) Tashkiliy qism
a) salomlashish, davomatni aniqlash va sinf xonasi tozaligini nazorat qilish;
b) guruhlar va guruh sardorlari bilan tanishish
2) Asosiy qism
a) o‘tilgan mavzuni so‘rash;
b) yangi darsning bayoni;
v) amaliy ish;
s) aqliy hujum;
g) masalalar yechish (testlar, krossvord, masalalar yechish)
3) Xulosa
a) g‘olib guruhni aniqlash
b) faol ishtirok etgan o‘quvchilarni baholash;
v) uyga vazifa
2.Darsning shiori: “Kuch birlikda”
Asosiy qism:
a) O‘tilgan mavzuni so‘rash
1) Burchak deb nimaga aytiladi?
2) Qo‘shni burchak deb nimaga aytiladi?
3) Vertikal burchak deb nimaga aytiladi?
4) Siniq chiziq deb nimaga aytiladi?
5) Ko‘pburchak deb nimaga aytiladi?
b) Yangi darsning bayoni :
Uchburchak va uning turlari
Uchburchaklar, ularning perimetri haqida siz boshlang‘ich sinflarda tanishgansiz. Tekislikda uchta A, B, C nuqtalarni belgilaylik:
B
A, B , C nuqtalarni AB, AC, BC kesmalar yordamida tutashtiramiz. Natijada ABC uchburchak deb ataluvchi shakl hosil bo‘ladi.
Ta’rif. Tekislikning AB, BC, AC kesmalar bilan chegaralangan qismi ABC uchburchak deyiladi va Δ ABC kabi belgilanadi.
A, B va C nuqtalar uchburchakning uchlari deyiladi.AB, BC, AC kesmalar esa uchburchakning tomonlari deyiladi.
Uchburchakning ixtiyoriy bir tomoni qolgan ikki tomoni yig‘indisidan kichik,ammo ular ayirmasidan katta bo‘ladi.
AC-BC<AB<AC+BC
AB-BC<AC < AB+BC
AB-AC< BC<AB+AC
- Uchburchak turlari.
Uchburchakda uchta burchak bor. Uchburchak burchaklari gradus o‘lchovlarining yig’indisi 180o ga teng.
<A+ <B+ <C = 180o
Uchburchak burchaklariga ko‘ra uch xil bo‘ladi:
- o’tkir burchakli uchburchak,
- o‘tmas burchakli uchburchak,
- to‘g‘ri burchakli uchburchak.
Uchburchak tomonlariga ko‘ra uch xil bo‘ladi:
- teng tomonli (muntazam) uchburchak,
- teng yonli uchburchak,
- turli tomonli uchburchak.
ABC teng yonli, ya’ni AB=BC bo‘lsa, odatda, AC tomoni uchburchakning asosi deyiladi, Ab va BC tomonlari yon tomonlari deyiladi.
- Uchburchakning perimetri
Ta’rif. Uchburchakning perimetri deb uning uchala tomoni uzunliklari yig‘indisiga aytiladi. ABC uchburchak perimetri P=AB+BC+AC ga tengdir.
VI.Darsni mustahkamlash
a ) Amaliy ish
Yangi mavzu bayonidan so‘ng, metaldan yasalgan uchburchak modellari o‘quvchilarga beriladi va ular shu uchburchakning perimetrini chizg‘ich yordamida tezlik bilan hisoblab berishlari kerak.
b) Aqliy hujum
- Geometriya so‘zining ma’nosini ayting?
- Planimetriya qanday bo‘lim?
- Bir burchagi to‘g‘ri burchak bo‘lgan uchburchakning nomini ayting?
- Kesma deb qanday shaklga aytiladi?
- Maqolni davom ettiring: Yetti o‘lchab, …….
- Nur deb qanday shaklga aytiladi?
- 5 km necha mm ga teng?
- Bitta burchagi o‘tmas bo‘lgan uchburchakning nomini ayting?
- Qo‘shni burchaklar yig‘indisi necha gradusga teng?
- Vertikal burchaklar yig‘indisi 1200, o‘zlari necha gradusdan?
- v) Masalalar yechish
1) Teng tomonli ucburchakning perimetri 24,6 sm bo‘lsa, uning tomonini toping?
A) 4,2 sm B) 12,2 sm C) 1,4 sm
2) Teng yonli ucburchakning asosidagi burchagi 66o bo’lsa qolgan burchaklarini toping?
A) 144o , 66o B) 66o , 66o C) 48o ,66o
3) Teng yonli ucburchakning asosi 32 sm, yon tomoni asosidan 3 sm qisqa .
Shu uchburchakning perimetrini toping?
A) 90 sm B) 93 sm C) 102 sm
2) Krossvordlar tarqatiladi (bir xil)
1 | ||||||||||||||
P | ||||||||||||||
2 | T | e | ng | y | o | n | l | i | ||||||
r | ||||||||||||||
i | ||||||||||||||
3 | T | e | ng | t | o | m | o | n | l | i | ||||
e | ||||||||||||||
4 | o‘ | t | k | i | r | |||||||||
r |
Bo‘yiga:
1) Tomonlar uzunliklarining yig‘indisi;
Eniga :
2) Ikki tomoni teng bo‘lgan uchburchak, ……… uchburchak deyiladi;
3) Uchala tomoni o‘zaro teng bo‘lgan uchburchak ……….. uchburchak deyiladi.
4) 00 dan katta lekin 900 dan kichik bo‘lgan burchak ….. burchak deyiladi
- g) Tarqatmalar
Har bir guruh bittadan masala olib, tezlik bilan yechishlari kerak
1-masala. Uchburchakning bir burchagi 400 ga teng, ikkinchi burchagi esa undan 1,5 marta katta. Shu uchburchakning uchinchi burchagini toping.(800)
2-masala. Teng yonli uchburchakning yon tomoni 8,2 dm ga , asosi uzunligi esa 60 sm ga teng. Shu uchburchakning perimetrini toping. (22,4 dm)
3- masala. Uchburchakning bir burchagi 700, ikkinchi burchagi undan 100 ortiq. Shu uchburchakning uchinchi burchagi necha gradusga teng. (300)
Shundan so‘ng o‘quvchilarga quyidagi topshiriq beriladi:
Muammoli topshiriq: Uzunliklari 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 ga teng bo’lgan kesmalar
berilgan.Shu kesmalar yordamida qaysi guruh ko’p uchburchak yasay oladi?
- Xulosa
VII. Uyga vazifa. 5,7,9-masalalar
Foydalanilgan manbalar:
- 7-sinf Geometriya darsligi. Toshkent-2009 A.Azamov, B.Haydarov, E.Sariqov, A.Qo’chqorov, U.Sag’diyev
- 7-sinfda Geometriya.Metodik qo’llanma. Toshkent-2009 A.Azamov, B.Haydarov, E.Sariqov, A.Qo’chqorov, U.Sag’diyev
- Ziyonet.uz, Uzedu.uz, RTM.uz , abdiyev.uz internet saytlari materiallari
Salom ma’lumotlarni qanday yuklab olsam bo’ladi.
Internetni tushunadiganlardan so’rab ko’ring.
Salom.
Muntazam uchburchak markazini qanday topsa boʻladi.
Formulasi bormi?
Bilmadim.Shug’ullanib ko’rmagan ekanman.