Bilimlar bellashuvi va olimpiadalar

Olimpiada masalalari (7-sinf, II tur)

  1.   ¼ ¼ ¼ ¼  sonlari orasiga amal belgilari va qavsdan foydalanib 2 ni hosil qiling.
  2. Muslimtoy Ziyodulloga 111 ta konfet sovg‘a qildi. Bir nechta konfetni birgalikda yeyishdi. Qolgan 45% konfetni Ziyodullo tushlikkka va qolgan konfetning 1/3 qismini tushdan keyin ularning onasi topib oldi. Onasi qancha konfet topib olgan?
  1. Qog‘oz tasmada 201520152015… raqamlar yozilgan. Karomat tasmadan qaychi bilan bo‘laklar qirqib oldi va ulardan 45 ga qoldiqsiz bo‘linadigan musbat sonlar tuzdi. Shu sonlarni toping.
  1. Nonushtada Hamidullo pishloqning 40% ini yedi, Habibullo esa 150 g yedi. Tushlikda onasi qolgan pishloqning 30% i va 120 g yedi. Dadasi qolgan 90 g pishloqni yegan bo‘lsa, pishloqning dastlabki og‘irligini toping.
  1. Taxtaga 7 ta har xil juft bo‘lmagan sonlar yozilgan. Rayhona ularning o‘rta arifmetigini hisobladi. Zarina bu sonlarni o‘sib borish tartibida joylashtirib, o‘rtadagi sonni tanladi. Agar Rayhona hisoblagan sondan Zarina tanlagan sonni ayirsak,  3/7 hosil bo‘ladi. Ulardan qaysi biri adashgan?

Muallif haqida

Foziljon Anapiyayev

Andijon viloyati, Baliqchi tumani.
O‘zbekiston xalq ta’limi a’lochisi
Xozirda nafaqada.

Fikr bildiring

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.