Bilimlar bellashuvi va olimpiadalar

Olimpiada masalalari (8-sinf, II tur)

  1. Sonlarni taqqoslang: A = 2011 · 20122012 · 201320132013 va B = 2013 · 20112011.  201220122012.
  2. Y= kx+b chiziqli funksiyada k va b harflari o‘rniga 1 dan 20 gacha  bo‘lgan (har biridan bir marta) sonlarni shunday qo‘yingki, hosil bo‘lgan 10 ta funksiyaning hammasi bir nuqtadan o‘tsin.
  1. ABCD trapetsiyada BC asos AD asosdan 2 marta kichik. D uchdan AB tomonga DE perpendikulyar tushirilgan. CE=CD ekanligini isbotlang.
  1. 10 ta futbol jamoasi bir-biri bilan bir martadan o‘yin o‘tkazdi. Natijada har bir jamoa x tadan ochko to‘pladi. x ning eng katta qiymatini toping. (G‘alaba-3 ochko, durang-1 ochko, mag‘lubiyat-0 ochko)
  1. K nuqta ABC to‘g‘ri burchakli uchburchakning AB gipotenuzaning o‘rtasi. AC va BC katetlarda M va N nuqtalar shunday tanlanganki, <MKN to‘g‘ri burchak. AM < BN va MN kesmalardan to‘g‘ri burchakli uchburchak yasash mumkinligini isbotlang.

Muallif haqida

Foziljon Anapiyayev

Andijon viloyati, Baliqchi tumani.
O‘zbekiston xalq ta’limi a’lochisi
Xozirda nafaqada.

Fikr bildiring

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.