Bilimlar bellashuvi va olimpiadalar

Olimpiada II tur yechimlari (5-sinf)

Yodingizda bo‘lsa, bir qancha vaqt muqaddam matematika fanidan II tur olimpiada topshiriqlar joylashtirilgan edi. Quyida ushbu topshiriqlarning yechimlari berilmoqda.

  1. Dastlab to‘g‘ri to‘rtburchakning bir tomonini 2 marta qisqartirsak, uning yuzi 27 m2 bo‘ladi. Ikkinchi tomonini 3 marta uzaytirsak, uning yuzi 81 m2 bo‘ladi. Hosil bo‘lgan kvadratning yuzi 81 m2. Demak, uning tomoni 9 m. Javob: 9m.
  2. Yechish:

1 minutdan so‘ng 6 · 1 + 13 = 19
2 minutdan so‘ng 1 · 9 + 13 = 22
3 minutdan so‘ng 2 · 2 + 13 = 17
4 minutdan so‘ng 1 · 7 + 13 = 20
5 minutdan so‘ng 2 · 0 + 13 = 13
6 minutdan so‘ng 1 · 3 + 13 = 16
1 minutdan so‘ng 1 · 6 + 13 = 19

Ko‘rib turibmizki, 6 minutdan keyin son takrorlanyapti. 1 soat (60 minut)da 10 marta aylanadi. Demak 1 soatdan keyin taxtada 16 sonini ko‘rishimiz mumkin.

Javob: 16

3. 100 = (22 : 2 – 2 : 2) × (22 : 2 – 2 : 2)

4. O‘g‘il va qizcha birgalikda 400 qadam yursa, ularning har biri 8qadamdan 400 qadam. Demak o‘g‘il 3⋅50=150 qadam, qizcha esa 5⋅50=250 qadam yurgan. Dadasi 3 qadam yursa o‘g‘il 5 qadam yuradi demak, dada ham 250 qadam yuradi. Javob: 250 qadam.

5. 10 litrlik idishga 6 litrlik idishda 2 marta suv quyamiz, 6 litrlik idishda 2 litr suv qoladi. 10 litrlik idishdagi suvni to‘kib yuborib, 6 litrlikdagi 2 litr suvni 10 litrlik idishga quyamiz va yana 6 litrlik idishda 6 litr suvni 10 litrlik idishga quysak, jami 8 litr bo‘ladi.

Muallif haqida

Foziljon Anapiyayev

Andijon viloyati, Baliqchi tumani.
O‘zbekiston xalq ta’limi a’lochisi
Xozirda nafaqada.

Fikr bildiring

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.