Ma’ruzalar

Bahodir Haydarov sovg’asi

Siz bu yerda 5-sinf «Matematika» darsligi,Geometriya-7, Geometriya-9 darsliklari muallifi fizika -matematika fanlari nomzodi Bahodir Haydarov sovg’asi bilan tanishishingiz mumkin.Biz B.Haydarov bilan 1974-1979 yillari sobiq ToshDU matematika fakultetida birga tahsil olganmiz.

II BOB. O‘QITISHNING TURLI USLUBLARI 

  • An’anaviy dars berish uslubi

An’anaviy darsning asosiy maqsadi — dars mavzusining asosiy mazmunini, tushuncha va dalillarini o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarga yetkazish va tushuntirishdan iborat. Dars — oldin o‘zlashtirilgan bilimlar bilan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bi­limlar o‘rtasida aloqa o‘rnatilishidan boshlanadi. Yangi mavzuni yoritish, turli mashqlar yordamida mustahkamlash, darsga yakun yasash, xulosalash, baholash va uyga vazifa topshirish bilan yakunlanadi. Odatda, an’anaviy dars berish — passiv dars berish usuli sifatida qaraladi. Lekin, darsda o‘quvchilarning faol yoki nofaolligi darsni qanday o‘tishga va uni rejalashtirishga bog‘liq. An’anaviy darsning samaradorligini oshirish va darsda o‘quv­chilarning faolligini oshirish uchun yangi materialni mayda-mayda bo‘laklarga bo‘lib o‘tish tavsiya etiladi. Shuningdek, o‘quvchilarning bu materialni qanday o‘zlashtirib borayotgan­liklarini nazorat qilib borish va bu maqsadda turli xil mashq va topshiriqlarni bajartirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Quyida an’anaviy dars berishning bosqichlari haqida qisqacha to‘xtalamiz. Ma’lumki, an’anaviy darsning quyidagi bosqichlari mavjud.

  1.     Tashkiliy qismsalom -alik qilish, davomatni tekshirish, zarur ko’rgazmali qurol va jihozlarni darsga hozirlash;
  1. O’tilganlarni takrorlash va yangi mavzuni boshlashga hozirlik – yangi mavzu bilan bog’liq, o’tgan dars mavzularini takrorlash; o’quvchilarning yangi mavzuni o’tishdan oldin bu mavzuga oid bilim darajalarini aniqlash, baholash va yangi materialni o’zlashtirishga tayyorlash; yangi dars maqsadini tushuntirish (dars maqsadi va yoritilishi lozim bo’lgan asosiy tushuncha va atamalar, oldindan doskaga yozib qo’yilsa yoki qog’ozga oldindan katta qilib yozib, osib qo’yilsa, vaqt tejaladi); O’tgan dars mavzularini takrorlash o’qituvchi tomonidan og’zaki so’rov, mayda guruhlarda ish, uyga vazifani darsda birga muhokama qilish orqali amalga oshirilishi mumkin. Shuningdek, yangi darsni o’tishga hozirlik, yangi dars mavzusini xarakterlovchi o’zak savolni yoki muammoni qo’yish orqali amalga oshiriladi. Shunday o’zak savol yoki muammo tanlanishi lozimki, u haqiqatan o’quvchilar uchun qiziqarli, ajabtovur bo’lib, o’quvchilar diqqatini o’ziga tortsin. O’zak savol yoki muammo – o’quvchilarning uni javobini bilishga bo’lgan qiziqishini orttirsin va dars davomida shug’ullanishga safarbar etsin va faoliyatini rag’batlantirsin.
  2. Yangi mavzuni yoritish – dars materiallarini kichik – kichik bo’laklarga bo’lib, ketma -ket ma’lum uzviylikda va mantiqiy bog’liqlikda, ko’rgazmali tarzda va turli xil o’qitish uslublaridan foydalangan holda berish; Bu uslublar haqida pastda keying! bandda batavsil to’xtalamiz.
  3. Yangi mavzuni mustahkamlasholingan nazariy bilimlarni yorqin misollarga qo’llash va turli xil topshiriqlarni bajarish asosida o’quvchilarda yangi mavzuga oid amaliy ko’nikmalarni hosil qilish va baholash; baholash uchun beriladigan savol va topshiriqlar aynan dars maqsadidan kelib chiqqan bo’lishi, unga erishilgan yoki yo’qligini aniqlashga qaratilgan bo’lishi lozim; Yangi mavzuni mustahkamlash butun sinf ishtirokida, turli xil tarqatma materiallar bilan ishlash, mayda guruhlarda yoki juft -juft bo’lib ishlash yordamida amalga oshirilishi mumkin. O’quvchilar amaliy mashg’ulotni bajarayotgan vaqtda o’qituvchi o’quvchilarning faoliyatini kuzatishi, ba’zi o’quvchilarning tushunmagan savollariga javob berishi mumkin. Shuningdek, bu bosqichda o’quvchilarning mustaqil ishlashlariga ham sharoit yaratib berish lozim bo’ladi.
  4. Darsga yakun yasash va baholashdarsning maqsadini yana bir bor eslatish va unga qanchalik erishilganlikni o’quvchilar bilan birgalikda aniqlash; o’quvchilarning mavzu bo’yicha savollariga javob berish, darsning asosiy lahzalarini qayd qilish, o’quvchilarning o’zlashtirganlik darajasini aniqlash, darsda faol qatnashgan o’quvchilarni tilga olish va baholash; (o’guvchilar bilimini baholashni butun dars davomida turli xil usullar yordamida ham bajarish mumkin; bahaloshdan maqsad o’quvchilarga faqat qandaydir ballarni qo’yib borishdan iborat emas, balki o’quvchilarning o’zlashtirish darajasini nazorat qilib borishdan iborat bo’lib, kerak bo’lganda darsning borishiga o’zgartishlar kiritish, tushunish qiyin bo’lgan joylarga qayta to’xtalish lozim bo’ladi);

6   Uyga vazifao’tilgan mavzu bo’yicha bilim, malaka va o’nikmalarni yanada mustahkamlashga yoki kelgusi dars uchun hozirlik ko’rishga garatilgan, mustaqil bajarishga mo’ljallangan savol, mashq va topshiriqlar majmuasidan iborat bo’lmog’i lozim. 

2.2. Darsda o’quvchilar faolligini oshiruvchi uslublar

Amaliy mashq – o’tilgan nazariy bilimlarni mustahkamlashga qaratilagan va ma’lum amaliy ko’nikmalarga ega bo’lish maqsadida nazariy bilimlarni amaliy masalalarga tadbiq etish;

Kichik guruhlarda ishlash orqali o’rganish – ma’lum muammoning yechimini topishga va o’quvchilar faolligini oshirishga qaratilgan darsdagi ijodiy ish; Bosqichlari: guruhlarga bo’lish, muammoni guruhlarda muxokama qilish, muammoning yechimlari taqdimoti, xulosalash.

Rolli o‘yinlar – dars mavzusini ochadigan va unga mos ma’lum hayotiy vaziyatni sinfda modellashtirish (sahnalashtirish); Bosqichlari: vaziyatni tushuntirish, mos rollarni bo’lib berish, maqsad va vazifalarni tushuntirish; o’yin davomida o’quvchilarning hatti – harakatlarini kuzatib borish; o’quvchilarning hatti – harakatlari orqali ularga bilim olishlariga, ma’lum malaka va ko’nikmalarni egallashlariga imkoniyat yaratish; o’yin natijalarining tahlili; o’yin natijalarini real hayotiy hodisalar bilan taqqoslash;

O’quvchilarni juft-juft qilib muloqot qildirish – biror mavzu bo’yicha yonma -yon o’tirgan o’quvchilarni o’zaro muloqotga chorlash, o’zaro fikr almashish va ularni ba’zilarini tinglash;

«Men o’qituvchi» – o’quvchilardan biriga o’quvchilar o’rtasidagi munozarani ma’lum vaqtgacha boshqarishni topshirish;

Ovozga qo’yish – «Oarshi», «Rozi», «Betaraf» – dars davomida bahsli vaziyatni keltirib chiqarish; yuzaga kelgan bahs munozarani boshqarish maqsadida, bahs yuritayotgan tomonlarning fikrlarini sinf bo’yicha ovozga qo’yish; har bir fikr bo’yicha qarshi, rozi va betaraflarni aniqlash; tomonlarning dalillarini va fikrlarini tinglash; so’ng yana ovozga qo’yish,xulosalash;

Aqliy hujum – umumiy muammo bo’yicha o’quvchilarni ijodiy ishga, o’zaro muloqotga chorlash; Bosqichlari: muammoli vaziyatni keltirib chiqarish; uning yechimini topish uchun o’quvchilarni jalb qilish; turli yechimlar taqdimotini eshitish; yechimlarni solishtirish va tanlash; xulosalash;

Konkurslar – o’tilgan ma’lum bir bob mavzulari bo’yicha olingan bilimlarni baholash maqsadida viktorina yoki guruhlar o’rtasida o’tkaziladigan savol -javoblar musobaqasi.

Mustaqil ishlash – vaqti -vaqti bilan o’tkazib turiladigan, o’quvchilarning mustaqil o’rganish, darslik bilan ishlash va mustaqil amalaiy faoliyat bilan shug’ullanish ko’nikmalarini shakllantiradigan, har bir o’quvchiga alohida yoki umumiy tarzda tashkil qilinadigan topshiriqni bajartirish; o’quvchilarning amaliy faoliyatiga aralashmay, tashqaridan teskari aloqa- muloqot yordamida yo’naltirib boshqarish va nazorat qilish;

Lug’at bilan ishlash (diktant) – bilimlarni baholashning joriy nazorat shakli; odatda qisqa vaqt davomida o’tkaziladi; o’quvchilarning o’tilgan atama va tushunchalarni bilish darajasini tekshirish uchun o’tkaziladi;

Konferensiya – oraliq nazoratning bir turi bo’lib, asosan chorak yoki yil davomida ma’lum mavzular bo’yicha mustaqil yozilgan ishlarning og’zaki ma’ro’za ko’rinishidagi taqdimoti.

Tadqiqot – o’zlashtirish darajasining eng yuqori cho’qisi; o’quvchilarning olgan bilimlari asosida hali o’rganilmagan kichik bir muammo ustida yakka yoki birgalashib izlanish olib borishi; keltirilgan taxminni izlab topilgan dalillar asosida to’g’ri yoki noto’g’riligini tekshirish; Bosqichlari: darsda hammaga qiziqish uyg’otadigan muammoni yoki masalani qo’yish, uni o’rganish, tadqiq qilish uchun ma’lumotlar to’plash, muammoning yechimiga oid taxminlar, bashoratlar qilish va ularning qanchalik to’g’riligini to’plangan ma’lumotlar asosida tahlil qilish va xulosa chiqarish;

Endi bu uslublarning ba’zilari ustida batavsilroq to’xtalsak. 

2.3. «Aqliy hujum» usuli

«Aqliy hujum» biror muammoni yechishda guruh qatnashchilari tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to’plab, ular orqali ma’lum bir yechimga kelinadigan eng samarali usuldir. U to’g’ri va ijodiy qo’llanilganda shaxsni erkin, ijodiy va nostandart fikrlashga o’rgatadi. «Aqliy hujum» yordamida turli xil muammolarni hal qilishning yo’llari izlanadi. Bu usul guruhning har bir a’zosi fikrini tezda yig’ish va umumlashtirish imkonini beradi. «Aqliy hujum»ni, o’quvchilar muammo haqida yetarli ma’lumotga ega bo’lmagan hollarda ham qo’llash mumkin. Bu kutilmagan, oddiy sharoitda aqlga kelmaydigan antiqa yechimlar topish imkonini beradi.

«Aqliy hujum» usulidan foydalanilganda, odatda mashg’ulot ikki bosqichdan iborat bo’ladi: birinchi bosqich – taklif bosqichi («aqliy hujumning o’zi) va ikkinchi bosqich – tahlil hamda yechimlarni saralash bosqichi. Bosqichlar o’rtasida kichik tanaffus berilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi. 

«Aqliy hujum»ning birinchi bosqichini o’tkazishga oid tavsiyalar: 

Muammoning aniq va ravshan qo’yish lozim!

«Aqliy hujum» o’tkazish uchun asos bo’lgan muammoning qisqacha mohiyatini katta qog’ozga (yoki doskaga, o’quv taxtasiga) katta harflar bilan yozib, hammaga yaxshi ko’rinadigan joyga osib qo’ygan ma’qul.

«Aqliy hujum» – bitta muammo! – har bir «aqliy hujum» faqatgina bitta muammoni hal etishga qaratilgan bo’lishi kerak.

Shartlashuv – «aqliy hujum»ni o’tkazish tartibi va shartlari ishtirokchilarning har biri uchun aniq – ravshan, tushunarli bo’lishi kerak. Shartlar asosida mashg’ulotni o’tkazish tartib – qoidalari tuziladi va qisqa ifodalangan qoidalarni hammaga ko’rinadigan joyga yozib qo’yish lozim.

Demokratiya – «aqliy hujum»ga hamma teng huquqli ishtirok etadi. «Aqliy hujum» vaqtida bemalol, erkin ravishda muloqot tortishishni ta’minlash uchun ishtirokchilarni davra shaklida joylashtirish tavsiya etiladi.

Bemalol, istalgan takliflarni taklif qilish va tanqid qilmaslik – «aqliy hujum»ning birinchi bosqichida birorta ham taklif muhokama etilmaydi va tanqid qilinmaydi. Kutilmagan g’oyalar taklif etish qo’llab -quvvatlanadi. Bu usul yordamida muammo yechimiga oid yetarli darajada ma’lumot to’planadi. Qancha ko’p g’oya va fikrlar bildirilsa, shuncha yaxshi. Bildirilgan g’oya va fikrlarni to’ldirish va yanada kengaytirishga imkoniyat beriladi.

Asoslamaslik – biror bir g’oyani taklif etgan kishi o’z yechimini asoslamasligi va o’zi ham o’zgalar fikrini muhokama qilmasligi lozim. Chunki bu holat boshqa g’oyalar tug’ilishiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Rasmiylashtirish – har bir fikr, taklif va g’oyalar yozib borilishi lozim. O’qituvchi birinchi bosqich davomida bildirilgan g’oyalarni yozib boruvchi kotibni belgilashi lozim. G’oyalarni doskaga yozib borish lozim. Vaqtni tejash hamda o’z fikrini bemalol bayon etish uchun ishtirokchilarga o’z g’oyalarini qog’ozga yozib,   sinf doskasiga skotch yordamida yopishtirib qo’yishni ham tavsiya etish mumkin. Bunda quyidagi tartibga amal qilish lozim: bir varaq – bitta g’oya – bitta so’z (ibora).

Vaqtni chegaralab qo’yish – g’oyani ifodalash uchun juda qisqa vaqt ajratilishi zarur.

Nazorat qilish va tartibga solish – «aqliy hujum»ning birinchi bosqichi odatda kuchli emotsional – ruhiy vaziyatda o’tkazilgani uchun, o’qituvchi mashg’ulotning borishini nazorat qilishi hamda o’quvchilarning bir -birlari bilan bahslashish, munozara qilish va bir -birining gapini bo’lishga yo’l qo’ymasligi kerak. Ikkinchi bosqichda,  ya’ni g’oyalarni tahlil qilish bosqichida taklif etilgan yechimlar, qarorlar muhokama etiladi, guruhlarga ajratiladi. Takrorlangan fikrlai birlashtiriladi, eng asosiy 3 – 4   ta   g’oyalar   saralanadi   (makrosaralash).   So’ngra   tanlab   olingan   asosiy g’oyalardan   eng   maqbullari   yana   saralanadi.    (mikrosaralash).   Mikrosaralash davomida ajratib olingan qarorlarning kuchli va zaif tomonlari, imkoniyatlari va cheklangan tomonlariga baho berib chiqish mumkin. 

2.4. “Kichik guruhlarda ishlash” usuli

O’quvchi mayda guruhlarda ishlanganda, darsda faol ishtirok etish huquqiga, boshlovchi rolida bo’lishga, bir -biridan o’rganishga va turli nuqtai nazarlarni qadrlash imkoniga ega bo’ladi.

Qo’llash bosqichlari va ular bo’yicha tavsiyalar:

  1. Faoliyat yo’nalishi aniqlanadi. Muammodan bir-biriga bog’liq bo’lgan masalalar belgilanadi.
  2. Kerakli asos yaratiladi. O’quvchilar mazkur muammo haqida tushunchaga ega bo’lishlari kerak.
  3. Guruhlar belgilanadi. O’quvchilar guruhlarga 5-8 kishidan bo’linishlari kerak.
  4. Aniq ko’rsatmalar beriladi.
  5. Qo’llab -quvvatlab va yo’naltirib turiladi.
  6. Muhokama qilinadi.

Ta’limning kichik guruhlarda ishlash usuli «ta’lim beruvchi -ta’lim oluvchi» dialogidan voz kechishni va «ta’lim beruvchi – guruh – ta’lim oluvchi» ko’rinishidagi uch tomonlama o’zaro munosabatga o’tishni nazarda tutadi. O’quv guruhi, tarkibi bo’yicha harakatchan kichik guruhlarga bo’linadi va ularning har -biri o’zicha o’quv materialini o’zlashtiradi. Tajriba shuni ko’rsatadiki, shu tufayli siz bilan ta’lim oluvchilar o’rtasida ancha mustahkam kontakt o’rnatiladi, shaxsiy va bir vaqtning o’zida ta’lim jarayonida jamoaviy ruhiy holat kuchayadi.

Ta’lim oluvchilarning hamkorlikdagi harakati tashkillashadi, bu esa, o’quv – bilish jarayonini faollashtirishga, ularda empatiyani, kommunikativlikni shakllantirishga ko’maklashadi:

  • vazifani hamkorlikda bajarish jarayonida, ta’lim oluvchilarda, o’rtoglari tomonidan bildirilgan fikrlarni muhokama qilishga motivatsiya paydo bo’ladi;
  • berilgan ishni    ohiriga    yetkazishga    intilishda    bir -birini    qo’llab – quvvatlashni;
  • individual farqning mavjudligiga qaramasdan hamkorlik qilishni;
  • ma’lum bir vazifani bajarish uchun tuzilgan jamoada yoki kichik guruhda mahsuldor ishlashni;
  • o’zini va guruhni mehnati natijalari uchun ma’suliyatli bo’lishga;

Guruhlarda ishlash qoidalari qanaqa?

Ta’lim  oluvchilarni  guruhlarda  ishlashga  o’rgatish  o’ta  muhimdir.  Avvalambor ta’lim   oluvchilar,   guruh   a’zolarining   majburiyatlarini  bilishlari  va  bajarishlar zarur.

  • har bir a’zo o‘rtoqlarini fikrini eshitishi lozim;
  • har bir a’zo ishda faol qatnshishi va hamkorlikda ishlashdan bo‘yin tortmasligi kerak;
  • har bir a’zo, zarurati bo’lganda yordam so’rashi kerak;
  • har bir a’zo,  undan yordam  so’rashganda,  boshqalarga o‘z yordamini berishi kerak;
  • har bir a’zo guruh ishining natijalarini baholashda ishtirok etishi kerak;
  • har bir a’zo o‘zining roli yaxshi tushunishi va bajarishi kerak;
  • har a’zo konkret vazifani bajarishda, o‘zining konkret vazifasini bilishi kerak;

Guruhlarda ishni qanday o’tkazish kerak?

O’quv jarayonining texnologik xaritasi bilan, ta’limning guruhli shaklidai foydalangan holda tanishib chiqing. Bu, ta’limning ushbu tashkiliy shaklin amalga oshirish jarayonini yorqin ko’z oldingizga keltirish imkoniyatini beradi.

  • Tadqiqot va loyiqa usullari 

Tadqiqot va loyiha usullari o’zlashtirish darajasining eng yuqori cho’qqisi hisoblanadi. Bu usul bilan dars o’tilganda o’quvchilar olgan bilimlari asosida hali o’rganilmagan kichik bir masala ustida yakka yoki birgalashib izlanish olib borishadi, masala yechimiga doir keltirilgan taxminni izlab topilgan dalillar asosida to’g’ri yoki noto’g’riligini tekshirishadi va isbotlashadi.

Usulning bosqichlari:

  • darsda hammaga qiziqish uyg’otadigan biror geometrik shaklning xossasi yoki u haqidagi masalani qo’yish,
  • uni o’rganish, tadqiq qilish uchun ma’lumotlar to’plash,
  • muammo yoki masalaning yechishga oid taxminlar, bashoratlar qilish,
  • har bir bashoratning qanchalik to’g’riligini to’plangan ma’lumotlar asosida tahlil qilish va isborlash,
  • xulosa chiqarish;
  • sinf oldida taqdimot qilish. 

2.6.  Matematik o‘yin darslari

O’yinlar ta’lim uslubi sifatida quyidagi vazifalarni bajaradi;

  • O’rgatuvchi- umumta’lim mahoratini shakllantirish, ijodiy qobiliyatini o’stirish, shu jumladan yangi vaziyatlarni tushuntirish, aniqlash va tahlil qilish.
  • Rivojlantiruvchi -mantiqiy tafakkurni , nutqni atrof -muhit sharoitiga o’rgatish qobiliyatini o’stirish.
  • qiziqtiruvchi – ishtirokchilarni o’quv faoliyatiga undamoq, mustaqil xulosaga kelishiga rag’batlantirish
  • Tarbiyaviy – mas’uliyatni, kommunikativlikni shakllantirish.

O’yin usullari va vaziyatni mashg’ulotlarning belgilangan shaklida amalga oshirish quyidagi asosiy yo’nalishlar bo’yicha sodir bo’ladi:

  • Didaktik maqsad o’quvchilar oldiga vazifa ko’rinishida qo’yiladi;
  • O’quv faoliyati o’yin qoidalariga bo’ysunadi;
  • Uning vositasi sifatida o’quv materialidan foydalanadi;
  • O’quv faoliyatga didaktik vazifani o’yinga aylantiradigan musobaqa elementlarini kiritish;
  • Didaktik vazifani muvaffaqiyatli bajarilishi o’yin natijasi bilan bog’lanadi.

O’yin – vaziyatda ko’rsatilgan muammoni yechish bo’yicha ishtirokchilarning birgalikda faol ish olib borishlariga asoslangan. Mavzu ishtirokchilarning bitta majburiy maqsadlari bor- muammoni yechish. Ishlab chiqilgan o’yin mumkin qadar hayotiy bo’lishi, lekin ishtirokchilar uchun juda murakkab va qiyin bo’lmasligi lozim. Endi o’yinlarga misollar keltiramiz. 

2.7. «Matematik domino» o’yini 

  1. O’yinda uch guruh (sinfxonadagi uch qator partalarda o’tirgan o’quvchilar qatnashadi).
  2. O’yin domino o’yini qoidalari asosida olib boriladi Domino toshlari sifatida matematik misollar yozilgan kartochkalar (varaqchalar) olinadi.
  3. Matematik domino «toshlari» mavzuga qarab turlicha bo’ladi.

Masalan: «O’nli kasrlar» bobi yakunlariga bag’ishlangan domino «toshi» ko’rinishi quyidagicha bo’lishi mumkin

Toshning   birinchi   bo’lagida  12,3 o’nli kasr,   ikkinchi   bo’lagida  8  aralash son berilgan.

  1. O’yin quyidagi tartibda olib boriladi.

1-rasmda keltirilgan 12 ta domina toshlari guruhlari teng taqsimlab beriladi.

– Qura tashlash yo’li bilan qaysi komanda boshlashi aniqlanadi.

– Boshlovchi komanda bitta «toshni» doskaning o’rtasiga skoch bilan yopishtirib quyadi. Aytaylik, bu yuqorida tasvirlangan tosh bo’lsin.

–   Komandalar  tezda   toshning   ikkinchi   bo’lagidagi  aralash sonni o’nli kasr ko’rinishiga olib kelishga kirishadilar.

–  “8,2″  yo’zuvi   bo’lgan  tosh   ikkinchi   bo’lib  doskaga   birinchi «tosh»ning  o’ng tomoniga yopishtirilishi lozim. Qaysi komanda hisoblashni to’g’ri bajarsa va «8,2” yo’zuvi bilan boshlanadigan   «toshi»   bo’lsa,   o’sha   komanda   tezlik   bilan   ikkinchi   bo’lib   toshini doskaga yopishtiradi. Bunday «tosh» quyidagi ko’rinishda bo’lishi mumkin.

 

-Natijada doskada ikkita tosh yonma-yon turadi.

–   Shuningdek,   «tosh»ni   birinchi «tosh»ni chap tomoniga ham yopishtirish mumkin buning uchun «tosh»lar ichidan o’ng tomonida 12,3 ga teng aralash son bo’lgan toshni aniqlash lozim bo’ladi. Bu «tosh» quyidagi bo’lishi mumkin. 

Natijada doskada uchta «tosh» yonma yon qo’yiladi.

O’yin shu tarzda davom ettiriladi. Qaysi komanda birinchi bo’lib, hamma «tosh»larini doskaga yopishtirsa, o’sha birinchi, ikkinchi bo’lib hamma «tosh»larni doskaga yopishtirsa ikkinchi, uchinchi bo’lib «tosh»lardan xolos bo’lsa, uchinchi o’rinni egallaydi. 

2.8. «Zakovat» o’yini ko’rinishidagi darslar

Bu mashg’ulotni bob yakunida takrorlash darsi sifatida tahlil qilish mumkin. Sinf 6ta guruhga bo’linadi va oldindan tayyorlab qo’ygan topshiriqli konvertlarni (yoki kartochkalarni) guruh a’zolari navbat bilan olishadi. Shundan so’ng guruhlar lOmin davomida o’zlarigatushgan topshiriqlarni bajarishadi va guruh javoblarini e’lon qilish uchun bir o’quvchini tanlashadi (yoki guruh sardori javob beradi). Har bir guruhda bir nechta savoldan iborat topshiriq bariladi. O’qituvchi har bir to’g’ri javob uchun ball qo’yadi. Agar biror savol-topshiriqqa noto’g’ri javob bo’lsa, boshqa guruhlar to’g’ri javobni berishlari mumkin, bu holda, javob bergan guruhga ball qo’yiladi. Shu tariqa har bir guruh o’ziga berilgan topshiriq bo’yicha taqdimotini o’tkazadi, boshqa guruhlar esa ularni to’ldirishlari va noto’g’ri javoblarni to’g’rilab ball olishlari mumkin. Natijada Isoatlik darsda katta bir bo’lim, bob bo’yicha o’tilgan o’quv materialini takrorlab, o’rgangan bilimlarini mustahkamlab olish va hamma o’quvchilarni mashg’ulotga jalb qilib ularning darsda faol bo’lishlariga erishish mumkin. O’quvchi soni oz bo’lgan sinflarda esa sinfni guruhlarga bo’lmasdan balki 3ta qator o’rtasida musobaqa tarzida ham o’tkazish mumkin. Bu holda qatorlarga 2 martadan topshiriqli kartochka berish mumkin (6ta kartochka tayyorlanadi va har bir qatorga navbat bilan 2 martadan beriladi). Bu mashg’ulotni boshqa fanlarga ham moslashtirib o’tkazish mumkin. 

2.9. «Matematik bozor» o’yini

Bu mashg’ulotni odatda biror katta bo’lim yoki bobning oxiridagi takrorlash darslarida o’tkazish mumkin. Biror bob yakunlangandan keyin o’qituvchi shu bobda o’rganilgan materiallarga taalluqli misollarni kartochkalarga yozib tayyorlaydi. Har bir kartochkada 2-3tadan turli qiyinlikdagi misollar yoziladi va har bir misolga qiyinlik darajasiga qarab «narx» belgilanadi (masalan. 50so’m, 100so’m, 200so’m,…). Kartochkalar soni sinfdagi o’quvchilar soniga qarab tuziladi. O’quvchilar 4tadan qilib guruhlarga bo’linadi, bunda sinfda o’rtacha 8-lOta guruh tashkil qilish mumkin. Demak, har bir kartochkadan guruhlar soniga mos ravishda 8-10tadan tayyorlash kerak bo’ladi. Kartochkalarning turi esa 4-5 xil bo’lsa yetarli bo’ladi (jam! 32-40ta kartochka). Har bir guruh kartochkalardan bittadan oladi, ya’ni har bir guruhda 4 yoki 5 xil kartochka bo’ladi, «narxlar» kartochkalarda har bir misol (savol) to’g’risida ko’rsatilgan bo’lishi kerak.

 

1-variant
1. Topshiriq 100s.
2. Topshiriq 150s.
3. Topshiriq 200s.

 

Biror guruh 1-variantdagi topshiriqlarni birichi bo’lib bajarsa, o’qituvchiga ko’rsatadi va o’qituvchi yechimni tekshirib shu guruh ishlagan pulni doskada tayyorlab qo’yilgan jadvalga yozib qo’yadi. Shu 1-variantni keyingi bo’lib ishlagan guruhga har bir topshiriqdan 25so’mdan chiqarib tashlanadi. Shu tariqa guruhlar har bir variantdagi topshiriqlardan iloji boricha ko’proq va tezroq yechishga va ko’proq pul to’plashga harakat qiladilar. Variantlardagi topshiriqlar xilma-xil va har xil narxli bo’lishi mashg’ulotlarni qiziqarli bo’lishiga yordam beradi.

Ma’lum vaqtdan so’ng (masalan 30 minutdan keyin) «bozor» to’xtatiladi va o’qituvchi guruhlar to’plagan pullarni jadval yordamida hisoblaydi. Guruhlarni nomerlash yoki ularning o’zlari guruhga nom tanlashlari mumkin. Qaysi guruh ko’proq pul to’plagan bo’lsa, shu guruh g’olib topiladi, qolgan guruhlarga ham o’rinlar beriladi. O’qituvchi guruhlarning bajargan ishlarini kuzatib, qaysi guruh biror topshiriqni bajarishga qiynalgan yoki bajara olmagan bo’lsa, shu topshiriqni bajargan guruhlar yechimini doskada namoyish qilib berishlari mumkin. Biror topshiriqni har bir guruh bajara olmagan bo’lsa, o’qituvchining o’zi shu topshiriqni yechish yo’llarini ko’rsatib berishi mumkin va shu kabi misollar ustida ishlash zarurligini bilib olishi mumkin.

So’ngra o’qituvchi guruhlarning to’plagan pullariga qarab o’quvchilarni baholaydi. Besh balli tizimda eng ko’p pul to’plagan guruh o’quvchilariga 5 ball, keyingi 2ta guruhga 4 balldan, keyingi 3ta guruhga 3 balldan va hokazo, qo’yish mumkin.

Yakuniy jadval
    1-V     2-V    3-V    4-V    5-V    Jami    O’rin     Ball
   1-G     500    425  

 

 

 

 

 

 

 

   2-G    425    350  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

   3-G    350    500  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

2.10. «Matematik loto» o’yini 

            Matematik loto o‘yini biror mavzu yoki bob bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni muztahkamlash yoki nazorat qilish maqsadida o‘tkazilishi mumkin.

Oddiy loto o‘yinidan xabaringiz bo‘lsa kerak. Matematik loto o‘yini shu o‘yin qoidalari asosida o‘tkaziladi.

            O‘yin jihozlari:  

  • 1 dan 30 gacha sonlar yozilgan 30 ta loto toshlari solingan qopcha;
  • Komandalarga beriladigan 6 ta son yozilgan, namunasi pastda keltirilgan 5 ta varaq;
  • 10 ta jeton (tanga);
  • O‘yin mavzusiga doir tuzilgan 30 ta savol.

O‘yin qoidalari:  O‘yinda 5 ta komanda qatnashadi. Har bir komandaga 6 ta savol nomerlari yozilgan varaqlari tarqatiladi.

O‘qituvchi boshlovchi sifatida qopdan loto o‘yini toshlarini birin ketin oladi va toshning nomerini e’lon qiladi. Qaysi komanda varag‘ida e’lon qilingan tosh nomeri bo‘lsa, o‘sha komanda javob berish huquqini oladi.

O‘qituvchi shu nomerli savolni o‘qiydi. Agar komanda savolga to‘g‘ri javob berilsa, loto toshi unga beriladi. Tosh komanda varaqdagi mos nomer ustiga qo‘yiladi. Agar komanda to‘g‘ri javob  bera olmasa, loto toshi boshlovchida qoladi va savolga javob berish boshqa komanlarga o‘tadi. To‘g‘ri javob bergan komandaga jeton beriladi. Bu jetonni o‘yin davomida komanda o‘zi uchun kerakli boshlovchida qolgan loto toshiga almashtirib olishi mumkin.

Qaysi komanda o‘z varag‘idagi barcha sonlarni mos loto toshlari bilan yopa olsa, o‘sha komanda go‘lib deb topiladi. Qolgan komandalar varag‘i ustiga qo‘yilgan, yiqqan loto toshlari soniga qarab tegishli o‘rinlarni egallaydi.


 

 2.11.  Baqs-munozara va musobaqa usullari 

Bahs-munozarani o’tkazish yo’l-yo’riqlari

  1. O’qituvchi munozara mavzusini tanlaydi va o’quvchilarni munozaraga taklif etadi.
  2. O’qituvchi o’quvchilarga muammo bo’yicha «aqliy hujum» o’tkazishga chorlaydi va uni o’tkazish tartibini belgilaydi.
  3. O’qituvchi «Aqliy hujum» vaqtida bildirilgan turli g’oya va fikrlarni yozib boradi yoki bu ishni bajarish uchun o’quvchilardan birini kotib etib tayinlaydi. Bu bosqichda O’qituvchi o’quvchilarga o’z fikrlarini bildirishlariga sharoit yaratib beradi.
  4. O’qituvchi o’quvchilar bilan birgalikda, ikkinchi bosqichda «aqliy hujum» davomida bildirilgan fikr va g’oyalarni guruhlarga ajratadi, umumlashtiradi va ularni tahlil qiladi. Tahlil natijasida qo’yilgan muammoning eng maqbul yechimi tanlanadi. 

2.12.  Express-testlar

Exspress-testlar ma’lum tushunchalar ketma-ketligidan so’ng (1-2 mavzu) shu mavzularda o’quvchilarning o’rgangan bilimlarini nazorat qilish va uni mustahkamlash uchun o’tkazish maqsadga muvofiq. Exspress-testlar adatda shu mavzularga oid 3-4 ta kichik va yengil mashg’ulot topshiriqlardan yoki testlardan iborat bo’ladi. Exspress-testlarni darsnung ichida qisqa vaqtlarda (5-10 min) o’tkazish mumkin. Topshiriqlar ko’p variantli tizimda kartochkalarda tarqatiladi. Bu testni o’tkazishdan asosiy maqsad o’quvchilar DTS minimal talablarini o’zlashtirganliklari tezkor ravishda aniqlab olishdan iborat.

O‘quv­chilarning o‘zlashtirganlik darajalarini nazorat qilish va baholash topshiriqlarining namunalari turli xil manbalardan yig‘ilgan bo‘lib, ular haqida ma’lumotga ega bo‘lish va amaliyotda qo‘llash o‘qituvchilar uchun foydadan holi bo‘lmaydi.

Topshiriqlar quyidagi bandlardan iborat bo’lishi mumkin:

  1. Bo‘sh qoldirilgan joylarni zarur so‘zlar bilan to‘ldiring
  2. Jumlaning ma’nosidan kelib chiqib, qavslar ichida keltiri­l­gan so‘zlardan mosini tanlang va tagiga chizing
  3. To‘g‘ri javobni toping
  4. Ikki tasdiqdan to‘g‘risini ajrating
  5. Ta’rifdagi (jumladagi) xatoni toping
  6. Quyida keltirilgan so‘zlarning ma’nosidan kelib chiqib, mantiqiy juftliklarni tuzing
  7. Matematik tushuncha va atamalar talqiniga ko‘ra jumlani davom ettiring
  8. Quyida keltirilgan formulalar qaysi matematik tushuncha xossalariga tegishli ekanligiga qarab, jufti-jufti bilan mos guruhlarga ajrating
  9. A ustunda berilgan atamaga B ustundagi tegishli talqinni mos qo‘ying
  10. Andazaga ko‘ra masala tuzing va uni yeching
  11. Sonli yozma ish (diktant)

O‘qituvchi o‘quv taxtasiga bir nechta atamaning nomlarini yozib nomerlab chiqadi. So‘ng esa, bu atamalarning (tushunchalarning) nomini aytmasdan ta’rifini ixtiyoriy tartibda o‘qiydi. O‘quvchilar esa bu atama (tushuncha) qaysi raqam ostida yozilganligini topishlari so‘raladi. Natijada 5, 6, 10, 1, 7, 2, 3, 12, 4, 9, 8 ko‘rinishdagi sonli satrdan iborat javob hosil bo‘ladi. .

  1. Biror mavzuga oid masala yoki savol tuzish

 

III  BOB. “MATEMATIKA-5” DARSLIGI BO’YICHA DARS O’TISHGA DOIR

USLUBIY KO’RSATMALAR

  • “Matematika-5” darsligining tuzilishi va o’ziga xos tomonlari 

Mualliflar tomonidan yaratilgan «Matematika» fani darsligi va uslubiy qo’llanmasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan yangi ishlab chiqilgan davlat standarti va o’quv dasturida belgilab berilgan bilim, malaka va ko’nikmalarni o’zlashtirishga yordam beruvchi, o’quv-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Darslik quyidagi talablarga to’la javob beradi:

  • ta’lim maqsadlari va davlat ta’lim standartlariga mos keladi;
  • o’quvchilarning mustaqil bilim olish imkoniyati yaratiladi;
  • o’zlashtirilgan bilimlarni kundalik turmush amaliyoti bilan boglaydi;
  • o’zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlashga oid masala va misollar yetarli miqdorda keltiriladi;
  • darslik boshqa umumta’lim fanlari bilan uyg’unlashgan(integratsiya qilingan) bo’ladi;
  • matematikadan dasturda belgilangan yetarli mikdordagi ma’lumotlarni o’zida mujassamlashtiradi;
  • matematika darsida ta’lim olishning turli uslublarini qo’llashga imkoniyat yaratadi;
  • o’quvchiga o’z-o’zini yoki o’qituvchiga o’quvchilar bilimini baholash va nazorat
  • qilish imkoniyatini yaratadi.

Darslik matematika fani asoslarini hayot bilan, kundalik turmush bilan o’zaro boglanishini amalga oshiradi. Shuningdek, o’quvchilarda o’z bilimlarini uzluksiz takomillashtirish va mustaqil bilim olishni davom ettirish imkoniyatlarini ochishga yordam beradi.

Darslikni yaratishda mamlakatimizda orttirilgan boy tajribalarga, shuningdek, bu boradagi rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasidan keng foydalanildi.

Darslikda matematika fani bo’yicha davlat ta’lim standartlarida belgilab berilgan bilim, kunikma va malakalarni o’quvchilar o’zlashtirishlari shart bo’lgan, dasturda belgilab berilgan bilimlar tizimi va hajmini, bilimlarni dasturga mos holda o’rganishning muayyan mantiqiy ketma-ketligiga, mualliflar tomonidan tanlab olingan sodda tizimga rioya qilgan holda bayon qilingan.

Darslikni yaratish jarayonida unga qo’yilgan barcha 20 ta didaktik va metodik tamoyillarlarga rioya qilingan. Mualliflar darslikni yaratishda ayniqsa, quyidagi tamoyillarni eng muhim deb biladilar:

  • Ilmiylik
  • Tushunarlilik va qiziqarlilik
  • Hayotiylik
  • Ta’limning hammabopligi
  • Ta’limning amaliyot bilan bog’liqligi
  • Aniq,  abstrakt tushuncha va faktlarning birligi
  • Ko’rsatmalilik
  • Bilimlarni puxta egallash
  • O’quvchilarning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish
  • Ta’limning o’quvchilar yoshi psixologik xususiyatlari va saviyasiga mosligi
  • Ta’limning uzviyligi va uzluksizligi

Mualliflarning ko’p yillik ish tajribalari, kuzatuvlari va tajribali o’qituvchilar hamda o’quvchilar bilan bo’lgan ko’plab muloqotlari matematika fanidan darslik eng avvalo

  • sodda,
  • foydali,
  • qiziqarli

bo’lishi kerakligini yana bir bor tasdiqladi.

Yaratilgan matematika darsligida berilayotgan nazariy va amaliy materiallar hajmining nisbati 25% ga 75% qilib belgilangan. Darslikda eng muhim, eng kerakli nazariy tushuncha va ularning xossalari haqidagi materiallar berilgan. Har bir tushuncha ta’rifi alohida ajratib qayta berilgan.

Imkon boricha nazariy material va yechiladigan masalalarga mos chizma ham yonma-yon berilgan. Bu kelajakda o’quvchilarda yangi nazariy materialni yoki masalani to’g’ri tahlil qilish va tushunish, unga mos chizmani to’g’ri chizish malakalarini shakllanishiga yordam beradi. Darslikda nazariy materialga qaraganda ko’proq masala va misollar berilgan bo’lib, ular osondan qiyinga qarab joylashtirilgan. Matematika fanining asosiy vazifalardan biri bu- o’quvchilarning nazariy materiallarini o’zlashtirishi bilan bir qatorda, ularni bu bilimlarga asoslangan holda masala yechishga o’rgatishdan iborat. Darslikda tipik masala va misollarning yechimlari darslikda to’la keltirilgan.

SHuningdek, har bir bob oxirida bobni takrorlashga doir masala, misol va topshiriqlar ham berilgan. Topshiriqlar rang-barang usulda berilgan bo’lib, ular atamalar va talqinlarni o’zaro mos qo’yish, turli xil ko’rinishdagi testlar, matematik diktantlar ko’rinishida bo’lishi mumkin. Darslikda ko’proq kundalik turmushdan olingan va uchraydigan masala va misollar bo’yicha o’quvchilarning amaliy ko’nikmalarni shakllantiradigan topshiriqlar berib borilgan. Qiyinroq bo’lgan masala va misollar va ularni yechish uchun ko’rsatmalar va ba’zilarining yechimlari o’qituvchilar uchun mo’ljallangan uslubiy qo’llanmada keltirilgan. Darslikda matematika tarixi va uning rivojlanishiga hissa qo’shgan allomalar haqida ham qisqa ma’lumotlar tegishli mavzularda berib borilgan.

Darslikda interaktiv usullardan foydalanib dars o’tish imkoniyatlari ham yaratilgan. Undagi mavzular bayoni va dizayni amaldagi darsliklardan tubdan farq  qiladi. Mazkur darslikka kiritilgan mavzular o’quvchilarni faollashtirishga qaratilgan bo’lgan. Mavzular soda va ravon tilda bayon etilishi bilan ajralib turadi. Asosiy tushuncha, qoida va xossalar alohida ajratib ko’rsatilgan. Har bir mavzuga doir yetarli miqdorda ko’rgazmali rasm va chizmalar keltirilgan. Bilimlarni tekshirib ko’rish uchun rang-barang misol va masalalar keltirilgan. Har bir bobdan keyin oraliq nazorat topshiriqlari sifatida savol, test, masala va topshiriqlari keltirilgan. SHuningdek, darslikda matematikaga xos qiziqarli masalalar va matematika tarixiga oid ma’lumotlar ham berib borilgan.

Darslik asosida dars o’tishning metodik asoslari o’qituvchilar uchun mo’ljallangan uslubiy qo’llanmada keltirilgan. Uslubiy qo’llanmada maktabda matematika fanini o’qitishning asoslari, davlat ta’lim standartidan kelib chiqadigan muayyan sinf o’quvchilari uchun qo’yilgan talablar, o’zlashtirishi lozim bo’lgan bilim, malaka va ko’nikmalar ro’yxati, o’quv dasturi va namunaviy o’quv rejasi berilgan. Qo’llanmada o’qituvchilar uchun zarur qo’shimcha materiallardan tortib, har bir dars ishlanmalarigacha keltirilgan. SHuningdek, unda oraliq nazorat topshiriqlari, ularning javoblari, masalalarni yechish bo’yicha metodik tavsiyalar, yaxshi o’zlashtiruvchi o’quvchilar uchun qo’shimcha materiallar, matematika fanining rivojlanishi bo’yicha tarixiy ma’lumotlar, masala, misol va topshiriqlar berilgan. Shuningdek, metodik qo’llanmada matematikaning tadbig’iga oid darsdan tashqari o’tkaziladigan amaliy mashg’ulotlar uchun ham materiallar, yaxshi o’zlashtirayotgan o’quvchilar faoliyatini rag’batlantirish maqsadida, butun chorak yoki yil davomida olib boriladigan turli xil mustaqil ishlarni bajarish uchun ham ko’rsatma va materiallar berilgan. 

3.3.  Dars ishlanmalarining tuzilishi va turlari

Fan va texnikaning tobora rivojlanib borayotgan taraqqiyoti maktabda matematikani o’qitishda yangi talablarni qo’ymoqda. Shundan kelib chiqib, maktabda matematik ta’limining maqsad va vazifalariga quyidagicha aniqlik kiritilishi maqsadga muvofiq bo’ladi.

Amaliy faoliyat bilan bo’liq maqsadlar

  • o’quvchilarda to’la qonli turmush kechirishi uchun kerak bo’ladigan fikrlash, mushohhada yuritish, abstract hamda deduktiv mulohaza yurita olish ko’nikmalarini shakllantirish;
  • o’quvchilarda mustaqil ishlash, o’rganish va ta’lim olish amaliy faoliyat ko’nikmalarini shakllantirish.

Tarbiyaviy maqsadlar

  • o’quvchilarda ijobiy qadryatlarni shakllantirish asosida jamoaviy faoliyatda o’z o’rnini topish, muomala madaniyati va o’z hatti-harakatlarining miqdoriy jihatlarini baholay olish hamda yuqori natija olishga intilish xislatlarini tarkib toptirish.

Mazmuniy maqsadlar

  • o’quvchilarda ta’limning keyingi bo’g’inlarida ta’lim olishini davom ettirishga yetarli bir tizimga solingan matamatik bilimlarni shakllantirish;
  • o’quvchilarda matematikani insoniyat tarixi rivojida, madaniyatda, fan va ishlab chiqarish hamda kundalik turmushda tutgan o’rnini anglatgan holda, real amaliy muommolarni hal qilishning asosiy vositalaridan biri bo’lgan matematika fani asoslari bilan tanishtirish.

O’rta maktabda matematika fani bo’yicha ta’lim jarayonini tashkil qilish bo’yicha umumiy tavsiyalar

5 –  sinfda matematika ta’limi maqsadlari o’quvchilarda boshlang’ich maktab va yuqori sinflar bilan uzviylik aloqalarini saqlagan holda asosiy matematik tushunchalar tizimini madellashtirishni ko’zda tutadi. Har sohada jadallashib borayotgan o’zgarishlar ta’im tizimi oldiga faqatgina matematik bilimlarni o’rgatishni emas balki, o’quvchilarda bu bilimlarni mustaqil o’rganish ko’nikmalarini rivojlantirishni dolzarb vazifa qilib qo’ymoqda.

Shunga ko’ra matemakita fani bo’yicha olib borilayotgan darslar an’anaviy darslar bilan bir qatorda zamonaviy ta’lim texnologiyalariga asoslangan, o’quvchilarning ko’proq o’zlarini mustaqil izlanishga, faoliyatga chorlaydigan uslublardan foydalanishni taqozo etmoqda. Bu holat ko’pgina rivojlangan davlatlar pedagogika jamiyatlari va olimlari tomonidan qayd qilib, ta’lim tizimiga zamonaviy ta’lim texnologiyalari qo’llanila boshlandi. Shunday uslublardan biri o’quvchilarni mustaqil faoliyatga chorlaydigan texnologiya asosida ishlab chiqilgan.

Mazkur “Matematika-5“ deb nomlangan o’quv-uslubiy kompleks ham huddi shu o’quv-chilarning faoliyatiga asoslangan uslublarga tayanib yaratilgan. Buni boshqacha interaktiv faoliyat usullari deb ham atashadi.

Interaktiv faoliyat darsi bosqichlari 

Yangi mavzuni o’rganishga oid interaktiv faoliyat darsini tarkibiy tuzilmasi quyidagi bosqichlardan iborat bo’lishi mumkin.

  1. Motivatsiya: ta’lim olishga undov, o’quvchilarni yangi mavzuga qiziqtirish, mavzuni dolzarblashtirish, mavzuga oid muammoni vaziyatni keltirib chiqarish;
  2. Yangi mavzuni yoritish;
  • Birlamchi mustahkamlash: tashqi nutqda bilimlarni boshlang’ich mustahkamlash;
  1. Ikkilamchi mustahkamlash: mustaqil ish (o’z faoliyatini tekshirish va baholash bilan) ichki nutqda bilimlarni mustahkamlash;
  2. Umumlashtirish: yangi bilimlarni takrorlash orqali orttirilgan bilimlar tuzumiga kiritish, umumlashtirish;
  3. Darsga yakun yasash va uyga vazifa.

Eslatma: Har bir darsning tashkiliy qismi ham bo’lib, unga ko’ra dars boshlanishidan oldin kerakli jihozlar va ko’rgazmali qurollar hamda tarqatma materiallar hozirlab qo’yiladi. Salom – alik qilinadi, davomat tekshiriladi.(Bu qism odatda bir xil tarzda olib borilgani sababli uni kelgusi darslarda tavsiflab o’tirmaymiz)

Motivatsiya –bosqichining  maqsadi o’quvchilarni ongli ravishda darsdan ta’lim jarayoniga olib kirish, darsning maqsadi va mazmunining asosiy yo’nalishlari bilan tanishtirishdan iborat.Dars mavzusini dolzarbllashtirish orqali o’quvchilarni yangi mavzuga tayyorlash yangi mavzuni o’zlashtirish uchun lozim bo’ladigan bilimlar bazasini tekshirish, o’quvchilar bilimidagi kamchiliklarni aniqlash. Yangi mavzuga oid muommoli vaziyatni keltirib chiqarish uchun dars mavzusi va uning maqsadi aytiladi. O’quvchilar e’tibori turli ko’rgazmali vositalar, sxemalar yordamida ham og’zaki (verbal) ham ko’rgazmali (vizual) qilib  yangi mavzuning xarakterli qirralari, mavzuga doir hayotiy masala muammo sifatida o’quvchilar e’tibori qaratiladi. Bu bosqichda aqliy hujum metodidan foydalanib o’quvchilar muloqotga chorlash mumkin.

Yangi mavzuni yoritish bosqichida darsning asosiy o’quv materiallari bayon etiladi. Uni bayon qilishda motivatsiya bosqichida yuzaga keltirilgan vaziyatdan kelib chiqib u yoki bu uslub qo’llaniladi. Agar motivatsiya davomida o’quvchilarning mavzuni o’zlashtirishga oid bilimlari yetarli emasligi aniqlansa, bu holda o’qituvchi keyingi ta’lim jarayoniga o’zi aralashshi, qo’yilgan masala yechimini o’zi namoyish qilishi lozim bo’ladi. Agar o’quvchilar bilimi yetarli bo’lsa, o’quvchilarni guruhlarga yoki juftlarga bo’lib mustaqil ish tashkil qilinadi. O’qituvchi bu holda o’quvchilar guruhiga muammo yechimini topishda tashqaridan turib yo’l-yo’riq berib ham turish mumkin.

Birlamchi mustahkamlash bosqichida dastlab o‘ituvchining o‘zi yangi nazariy materialga doir masalani namoyish usuliga ko‘ra doskada yechib ko‘rsatadi. So‘ng esa doskada biror o‘quvchi o’qituvchi ko’magida “teta-poya” usuliga ko‘ra keyingi masalani yechadi. Oxirida juftlikda yoki guruhlarda ishlash usullari yordamida yangi mavzu mazmunini anglashga qaratilgan o’quvchilar faoliyati tashkil qilinadi.

Ikkilamchi mustahkamlash bosqichida yakka tartibda ishlash usuliga asosida o’quvchilarning o’zlashtirgan bilim va ko’nikmalari o’zlari tekshirishi va baholashi maqsadida kichik mustaqil ish tashkil qilinadi.

Umumlashtirish bosqichi mustahkamlash bosqichining mantiqiy davomi bo‘lib, unda ham yuqoridagi usullar yordamida yangi ortttirilgan bilimlar jamlanadi, yangi mavzuga oid takrorlash mashqlari asosida yangi ko’nikmalar rivojlanritiladi, ulardan keyingi darslarda foydalanish imkoniyatlari aniqlashtiriladi.

Darsga yakun yasash va uyga vazifa bosqichida esa yangi bilimlar va ularning muhim qirralari yana bir bor yodga solinadi, faoliyat natijalari baholanadi hamda uyga vazifa aniqlashtiriladi. Uyga vazifani bajarish bo’yicha tegishli maslahatlar beriladi.

Dars maqsadlariga ko’ra uning turlari

Dars maqsadlaridan kelib chiqib darsni shartli ravishda 4 turga bo’lish mumkin:

  • Yangi mavzuni o’rganish (yangi bilimlarni ,, kashf qilish “) darsi;
  • Mustahkamlash (refleksiya), yangi mavzuga oid amaliy ko’nikmalarni shakllantirish darsi;
  • Umumlashtirish, bilimlarni bir tizimga solish va mustaqil o’rganish ko’nikmalarni rivojlantirish darsi;
  • Rivojlantiruvchi nazorat 

Dars ishlanmalarini tuzish bo’yicha umumiy uslubiy tavsiyalar

Dars ishlanmasi (reja-konspekt) – o’qituvchi uchun tuzish majburiy bo’lgan xujjatdir. U shunchaki rahbariyatga ko’rsatish uchun tuzilmaydi. Uni tuzishdan ko’zlangan asosiy maqsad – o’qituvchining bir soatlik darsdagi faoliyatini rejalashtirish, dars mazmunini boyitish, ta’lim samaradorligini oshirishdan iborat. Dars ishlanmasa o’qituvchining ijodiy mehnati mahsuli bo’lib, uning bilimi va mahoratini ko’rsatuvchi oynadir. Shu bois, uni tuzishda shoshma-shosharlikka yo’l qo’ymaslik kerak. Bir marta maromiga yetkazib tuzilgan dars ishlanmasi o’qituvchi uchun uzoq yillar davomida xizmat qilishi mumkin. Bundan dars ishlanmasi – qotib qolgan dogma, degan xulosa kelib chiqmasligi kerak. Dars ishlanmasini yildan-yilga takomillashtirib va mukammallashtirib borish, yangi dars uslublarini qo’llash, yangi materiallarni kiritish bilan yangilanib turilishi lozim.

Yangi davlat ta’lim standartlari va o’quv dasturlarini joriy etilishi va ta’lim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarning, kompyuter, yangi axborot texnologiyalari va texnik vositalarning qo’llanishi bilan dars ishlanmalariga qo’yilgan talablar ham o’zgarib bormoqda. Dars ishlanmalari uchun tayyor qoliplar yo’q. Chunki jonli dars jarayonini hech qanaqa qolipga solib bo’lmaydi. U turli xil sharoitlarda turlicha tuzilishi mumkin.

Shunday bo’lsada, o’qituvchilarga dars ishlanmasini quyidagi tarx asosida tuzishlarini tavsiya etamiz: 

Dars ishlanmasining namunaviy tarxi

  1. Darsning maqsadi
  2. Dars uchun zarur jihozlar va ma’lumot manbalari
  • Darsning texnologik xaritasi
  1. Dars tafsilotlari va uslubiy tavsiyalar

Keling bu tarxning har bir bo‘g‘iniga atroflicha to‘xtalaylik.

Darsning mavzusi – o‘quv dasuriga muvofiq tanlalanadi.

Darsning maqsadi – davlat ta’lim standarti talablaridan kelib chiqib aniqlanadi. Darsning maqsadi – o’qituvchi o’quvchiga qanday bilim, malaka va ko’nikmalarni berishi kerakligi bilan emas, balki o’quvchilar bu darsdan qanday bilim, malaka va ko’nikmalarni egallashlaridan kelib chiqib yozilishi lozim. Shunga ko’ra darsning maqsadini «o’quvchilarning quyidagi bilim, ko’nikma va malakalarni egallashlariga erishish: …» so’zlari bilan boshlash maqsadga muvofiq bo’ladi. Maqsad baland parvoz, havoiy jumlalar bilan emas, balki aniq, sodda va tushunarli jumlalar bilan ifodalanmog’i kerak. Eng asosiysi – darsdan ko’zlangan maqsadga haqiqatan erishib bo’ladigan va natijasini tekshirib bo’ladigan bo’lmog’i lozim.

Darsda yoritilishi lozim bo’lgan asosiy tushuncha va atamalar – o’quv dasturiga muvofiq ta’lim mazmunidan kelib chiqib aniqlanadi.

Dars uchun zarur jihozlar va ma’lumot manbalari – dars uchun zarur bo’lgan darslik va boshqa o’quv adabiyotlari, ko’rgazmali qurollar, tajriba uchun mo’ljallangan asbob-uskunalar, modellar, plakatlar, tarqatma materiallar, dalil ashyolar, qog’oz, yozuv-chizuv qurollari, kompyuter, audio va video apparaturalari va o’qitishning boshqa texnik vositalari ro’yxatidan iborat bo’ladi. Bu ro’yxatni tuzayotganda maktabning imkoniyatlaridan kelib chiqish to’g’ri bo’ladi. Shuningdek, bu bo’limda darsgacha qilish kerak bo’lgan ishlar, sinfni darsga tayyorlash, stol va stullarni yoki partalarni darsga mos qilib joylashtirish tavsiflananishi va tayyorlash kerak bo’lgan materiallar ro’yxati keltirilishi, bu materiallarning andozalari tavsiflanishi yoki ilova qilinishi lozim.

Darsning texnologik xaritasi – bir necha ustundan iborat jadval bo’lib, odatda birinchi ustunga darsning asosiy bosqichlari, ikkinchi ustunga esa har bir bosqich uchun zarur bo’lgan vaqt taqsimoti ko’rsatiladi.

Dars tavsilotlari va uslubiy tavsiyalar- dars ishlanmasining asosiy o’zagini tashkil qiladi. U dars turi va tanlangan uslubga qarab turlicha bo’lishi mumkin.

Yangi mavzuni o’rganish darsi tavsilotlarini yoritish tartibi:

Agar mavzu bir darsga mo’ljallangan bo’lsa, unda dars tavsilotlari yuqorida keltirilgan interaktiv faoliyat darsining barcha bosqichlaridan iborat bo’ladi. Agar mavzu 2 yoki undan ko’p darsga mo’ljallangan bo’lsa, dars tavsilotlari mos ravishda tegishli dars bosqichlari bayonidan iborat bo’ladi. Gohida yangi mavzuning nazariy mareriallari 2-3 soatga bo’lib ham o’tilishi mumkin. Bu holda ham dars tavsilotlari darsga kiritilgan bosqichlar bayonidan iborat bo’ladi.           

Mustahkamlash darsi tavsilotlarini yoritish tartibi:

Mustahkamlash darsi darsining tarkibiy tuzilmasi quyidagi bosqichlardan iborat bo’lishi mumkin.

  1. Nazariy materialni yodga olish: oldingi darsda o’rganilgan nazariy material qisqacha takrorlanadi, savol-jabob va uyga berilgan vazifalarni tahlil qilish orqali esga olinadi;
  2. Birlamchi mustahkamlash: tashqi nutqda bilimlarni boshlang’ich mustahkamlash;
  3. Ikkilamchi mustahkamlash: mustaqil ish (o’z faoliyatini tekshirish va baholash bilan) ichki nutqda bilimlarni mustahkamlash;
  4. Darsga yakun yasash va uyga vazifa.

Umumlashtirish, darsi tafsilotlarini yoritish tartibi:

Umumlashtirish darsining tarkibiy tuzilmasi quyidagi bosqichlardan iborat bo’lishi mumkin.

  1. Nazariy materialni yodga olish: oldingi darsda o’rganilgan nazariy material qisqacha takrorlanadi, savol-jabob va uyga berilgan vazifalarni tahlil qilish orqali esga olinadi;
  2. Umumlashtirish: yangi bilimlarni takrorlash orqali orttirilgan bilimlar tuzumiga kiritish, umumlashtirish;
  3. Darsga yakun yasash va uyga vazifa.

 Rivojlantiruvchi nazorat darsi tafsilotlarini yoritish tartibi:

Rivojlantiruvchi nazorat darsining tarkibiy tuzilmasi quyidagi bosqichlardan iborat bo’lishi mumkin.

  1. Yo’l-yo’riq berish: bu bosqichda o’tkazilayotgan nazorat ishi topshiriqlarini bajarishga oid ko’rsatmalar beriladi;
  2. Nazorat ishini bajarish: bu bosqichda o’quvchilarning topshiriqlarni qanday bajarayotgani kuzatiladi. Kezi kelganda u yoki bu topshiriqni bajarish bo’yicha yo’nalish berish maqsadga muvofiq bo’ladi.
  3. Nazorat ishi tahlili: bu bosqich ham yangi mavzuni o’zlashririshning davomi bo’lib, uni o’tkazish majburiy hisoblanadi. Chunki, nazorat ishi darsida o’quvchilar har qachongidan ham faolroq bo’ladilar. Ularni diqqatini jamlashga ham hojat qolmaydi. Ularni topshiriqlarni to’g’ri yoki noto’g’ri bajarganliklarini bilishni xohlaydilar. Bunday holatdan albatta foydalanish kerak. Odatda u alohida darsdan iborat bo’lib, unda nazorat ishiga kiritilgan topshiriqlar yechimi tahlil qilinadi, xatolar ustida ishlanadi, tipik masalalar o’quvchilar tomonidan doskada yechiladi. Masalalarning atroflicha tahlil qilinishiga e’tibor berish kerak, chunki o’quvchilar oldingi darslar davomida tushunmagan narsalarini shu darsda bilib olishlari ham mumkin. Shu bois, bu dars nazorat darsi deb atalsada, unda ham o’quvchilar o’zlashtira olmagan bilimlarni o’rganadilar, to’ldiradilar va o’z bilimlarini rivojlantiradilar.

3.4. Teskor (ekspres) tesr sinovlarini o‘tkazishga oid ko‘rsatmalar

 

Test sinovini o‘tkazishdan maqsad : Tezkor test sinovi mavzu bo‘yicha o‘quvchilar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan minimal bilim va ko‘nikmalarni aniqlash hamda o‘quvchilarning mavzu bo‘yicha o‘zlashtirishini yoppasiga baholash va nazorat qilish maqsadida o‘tkaziladi.. Test sinovi savollari davlat ta’lim standartiga muvofiq o‘quvchilar o‘zlashtirishi shart bo‘lgan minimal bilim va ko‘nikmalar asosida tuziladi.

Test sinovini o‘tkazishga doir ko‘rsatmalar : Test sinovi mavzuning asosiy mazmuniga oid 5 ta testdan iborat bo‘lib, u mavzu bo‘yicha o‘tilgan oxirgi dars yakunida 10 minut davomida o‘tkaziladi Test sinovi savollari doskaga yoziladi yoki tarqatma material sifatida oldindan ko‘paytirilib o‘quvchilarga tarqatiladi. Song javob varaqalari tarqatiladi. Sinovni o‘tkazishda har bir o‘quvchining o‘zi javob berishiga erishish juda munim hisoblanadi. Shuning uchun sinovni o‘tkazayotganda o‘quvchilar hatti-harakati qattiq nazoratga olniishi shart.

Test sinovini o‘tkazishdan oldin o‘quvchilarga uni yechish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalarni berish shart. Har bir test savoliga javob variantlari orasidan faqat bitta javob to‘g‘ri berilganini aytish hamda o‘quvchilarga test savollariga javob berishdan oldin yaxshilab o‘ylab ko‘rishlari va shundan keyingina javob variantlaridan faqat bittasini bo‘yab ko‘rsatishlari zarurligini o‘qtirish lozim bo‘ladi. Ikkita javob bo‘yalgan javoblar inobatga olinmasligi ham alohida ta’kidlanishi zarur.

Test sinovini baholashga doir ko‘rsatmalar. Testni o‘tkazishdan oldin o‘quvchilarga quyidagi ko‘rinishdagi javob varaqalari tarqatiladi. O‘quvchilar 10 minut davomida testlarni yechib, faqat bitta to‘g‘ri javobni javob varaqasida bo‘yab qo‘yadilar.


 

 Javob varaqalari yig‘ib olinadi va oldindan tayyorlab qo‘yilgan baholash shabloni bilan tekshiriladi. Baholash shabloni baholash varaqasining o‘zidan iborat bo‘lib, faqat uning to‘g‘ri javob kataklari hamda to‘g‘ri javob soni va baho qo‘yiladigan kataklar qiyib o‘yib qo‘yilgan bo‘ladi.(O‘yilgan kataklar pastdagi rasmda shartli ravishda bo‘yab ko‘rsatilgan) Shablon baholash varaqasi ustiga qo‘yiladi. Shunda o‘yilgan kataklardan nechta bo‘yalgan javob ko‘rinsa, shuncha javob to‘g‘ri bo‘ladi. Baholash shabloni o‘qituvchi isihini osonlashtirib, tezda bo‘yalgan kataklarni sanab, natijani «To‘g‘ri javoblar soni» katagiga yozib, unga mos bahoni «baho» katagiga qo‘yish imkoniyatini beradi.

 

Baholash mezonlari : Javobi to‘g‘ri topilgan  5 ta test uchun  – «besh» baho,

4 ta test uchun  — «to‘rt» baho ,

3 ta test uchun  — «uch» baho qo‘yiladi.

Birorta ham javob topa olmagan, 1 ta yoki 2 ta test javoblarini to‘g‘ri topgan o‘quvchilarga baho qo‘yilmaydi. Ular bilan keyingi darslarda va darsdan keyin ishlab, ularni han bu kabi testlardan ijobiy baho olishlariga erishish lozim bo‘ladi. Chunki, bu testlar, qayta ta’kidlaymiz, davlat ta’lim standarti talablari asosida tuzilgan va har bir o‘quvchi ulardan ijobiy baho olishi shart. 

3.5. Matematikadan masalalar yechish bo’yicha umumiy ko’rsatmalar

Ma’lumki, matematikada biror nazariy materialni o‘zlashtirish va uni mustahkamlash ko‘p hollarda masala yechish orqali amalga oshiriladi. Shunday ekan masala yechish jarayonini to‘g‘ri tashkil qilish muhim ahamiyat kasb etadi.

Matematikadan masalalar qanday yechiladi?

Masalani yechish uchun sizga yaxshi reja kerak bo’ladi. Quyida shunday rejani keltiramiz. Sizga bu raja kelgusida ko’p masalalar yechishga asqotadi.

Masala yechish rejasi 4 bosqichdan iborat.

I bosqich. Masalani tushunish

  • Sizga nima berilgan va sizdan nimani topish yoki isbotlash so’ralayapti? Masalani o’z tilingizda ifodalab oling.
  • Qanday ma’lumotlar berilgan? Masalada qaysi matematik obyekt yoki tushuncha va uning qaysi xossalari haqida so’z boradi? Ular haqida nimalarni bilasiz? Masala shartidagi muhim ma’lumotlarni aniqlab oling.
  • Masala shartiga ko’ra imkoni bo‘lsa chizma chizib oling. Bu sizga masalani oydinlashtiradi.
  • Sizga yana qanday ma’lumotlar, tushuncha, qoida va xossalar kerak bo’ladi? Matematik obyektning masala shartida berilgan elementlari va topish talab qilinayotgan elementlari orasidagi bog’lanishlar haqida barcha ma’lumotlarni, qoida va xossalarni eslang. Masalada qo’yilgan savolga javob berish uchun qanday ma’lumotlar kerakligini aniqlab oling.
  • Masalada gap borayotgan matematik tushuncha yoki obyekt va uning elementlari haqida hamma zarur ma’lumotlar berilganmi? Masalani yechish uchun barcha ma’lumotlarni aniqlang .

II bosqich. Reja tuzish

  • Oldin shunga o’xshash masalani yechganmisiz? Berilgan masalaga o’xshash yechilgan boshqa masalalarni eslab ko’ring.
  • Qaysi xossa yoki qoidalardan foydalanish mumkin?
  • Masalani yechish uchun qanday yo’l tutasiz? Masalani yechish yo’lini tanlang va qanday amalga oshirish rejasini tuzing.

III bosqich. Masalani yechish rejasini amalgam oshirish

  • Tuzilgan rejaga muvofiq qadam-baqadam masalani yeching. Har bir qadamni ko’rsatib boring.
  • Rejaga ko’ra agar lozim bo’lsa, chizmada yordamchi elementlarni ham chizing.
  • Javobni yozing.

IV bosqich. Tekshirish

  • Berilgan savolga javob berdingizmi? Haqiqatan ham masalaga qo’yilgan savolga javob topganingizni tekshiring.
  • Topgan yechimingiz masalani qanoatlantiradimi?
  • Masalani boshqa yo’l bilan ham yechish mumkinmidi? Masalani siz yechgan yo’ldan yaxshiroq boshqa yo’l haqida o’ylab ko’ring.
  • Boshqa masalalarni ham yechish uchun qo’l keladigan nimalarni o’rgandingiz? Oldin yechgan masalangiz yoki qo’llagan yo’llaringiz haqida eslab ko’ring.

3.6. Matematikadan masalalar xazinasi yoxud Internetdagi masalalar qidirish tizimlari 

Ma’lumki, keyingi paytlarda axborot kommunikatsiya tizimi juda tez sur’atlar bilan rivojlanib boroqda. Internet tizimi borgan sari olis qishloqlarni ham qamrab olmoqda. Shu kunga kelib, Internetning World-Wide-Web – Jahon axborot tarmog’ida shunchalik ko’p axborot manbalari joylashtirilganki, bu xazinadan foydalanish zamonamizning har bir fuqarosi uchun ham qarz, ham farz hisoblanadi. Jumladan, bir-biridan qiziq shunday web-sahifalar borki, ulardan ixtiyoriy fanni, jumladan matematikani o’rganish jarayonida samarali foydalanish mumkin. Quyida shu axborot manbalarining manzillarini berishni lozim topdik. Bu web-safifalardan siz o’zbek, rus, ingliz va boshqa tillarda matematika olamidagi yeng oxirgi yangiliklar, elektron kutubxonalar omborida saqlanayotgan ko’plab elektron darsliklar, matematikadan masofadan turib ta’lim olish kurslari va ularning materiallari, mazkur darslik safifalariga kirgan va kirmagan turli-tuman nazariy materiallar, matematikadan dars berib kelayotgan tajribali o’qituvchilarning dars ishlanmalari va metodik tavsiyalari, son-sanoqsiz masalalar,misollar va ularning yechimlari, turli davlatlarda o’tkazilayotgan matematik ko’rik tanlovlar va olimpiadalar to’g’risidagi ma’lumotlar va ularda taqdim etilgan masalalar hamda ularning yechimlari, qiziqarli matematik masalalar va ularning yechimlari bilan tanishishingiz mumkin.

http://www.edu.uz  – Xalq ta’limi vazirligining axborot ta’lim sayti (o‘zbek,rus va ingliz tillarida),

http://www.uzedu.uz  – Xalq ta’limi vazirligining axborot ta’lim portali (o‘zbek,rus va ingliz tillarida),

http://www.eduportal.uz  – Multimedia markazi axborot ta’lim portali (o‘zbek,rus va ingliz tillarida),

http://www.pedagog.uz  – malaka oshirish muassasalari sayti (o‘zbek va rus tillarida),

http://www.math5.zn.uz – muallifning mazkur darslik bo‘yicha ochiladigan maxsus sayti (o‘zbek tilida),

http://www.matematika.uz– Anapiyayev Foziljonning shaxsiy sayti(o’zbek tilida)

http://www.cde.sakha.ru –  Masofadan turib o’qitish sayti (rus tilida),

http://www.iro.sakha.ru   – Ta’limni rivojlantirish instituti sayti (rus tilida),

http://www.school.edu.ru – Umumta’lim portali (rus tilida),

http://www.alledu.ru  –  “Internetdan ta’lim” portali (rus tilida),

http://www.rostest.runnet.ru – Test olish markazi serveri (rus tilida),

http://www.allbest.ru – Internet resurslari electron kutubxonasi (rus tilida),

http://matematica.mgdtd.ru/ – Matematikadan va informatikadan sirtqi tanlov (rus tilida),

http://www.mathtype.narod.ru/ – Online-darsliklar (rus tilida),

http://mschool.kubsu.ru/ – Elektron qo’llanmalar kutubxonasi. Sirtqi matematik olimpiadalar,

http://matematika.agava.ru/ – Matematikadan 2000 dan ortiq masalalar (rus tilida),

http://mat-game.narod.ru/ – Matematik gimnastika. Matematik masalalar va boshqotirmalar,

http://mathc.chat.ru/ – Matematik kaleydoskop (rus tilida),

http://mathmag.spbu.ru/ – Internetdagi matematuk jurnal (rus tilida),

http://www.matematik1.narod.ru/ – Matematikadan masalalar (rus tilida),

http://www.problems.ru/ Matematikadan masalalar izlash tizimi (rus tilida),

http://geometry.net/ – Algebra va geometriyadan o’quv materiallari (ingliz tilida),

http://mathproblem.narod.ru/ – Matematik to’garaklar, maktablar va olimpiadalar (rus tilida), http://www.pdmi.ras.ru/~olymp/ – Matematikadan olimpiada masalalari  (rus tilida),

http://mathtest.narod.ru/ – Matematik testlar (rus tilida) (rus tilida),

http://www.ams.org/mathweb/ – Math on the Web – Internetda matematika (ingliz tilida),

http://slovo.and.ru/z-index.htm – Masalalar to’plami,

http://www.sch57.msk.ru/collect/smogl.htm – Matematika tarixiga doir sayt,

http://www.mccme.ru/free-books/ – Matematikadan masalalar to’plami, maruzalar, kitoblar.

Muallif haqida

Foziljon Anapiyayev

Andijon viloyati, Baliqchi tumani.
O‘zbekiston xalq ta’limi a’lochisi
Xozirda nafaqada.

2 ta fikr

Fikr bildiring

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.