Dars ishlanmalari

Dars konspektlaridan namunalar

Fani:    Matematika      Sinfi:   V         Sana:                     Dars raqami: 1

I. Darsning mavzusi: Natural son tushunchasi

II. Darsning maqsadi:

a) Ta’limiy maqsad: O’quvchilarni natural son tushunchasi bilan tanishtirish

b) Tarbiyaviy maqsad: O’quvchi shaxsini kamol toptirish

c) Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni sonlar haqidagi bilimlarini rivojlantirish

Bilimlar:

– Natural sonlar,o’nli sanoq sistemasi,natural sonlar qatori,1 eng kichik natural son,natural sonlar qatori cheksiz,0 natural son emasligini bilish;

Ko’nikmalar:

– Natural sonlarni ajrata olish

Malakalar:

– Sonlar ichidan natural sonlarni mustaqil ajrata olish

Kompetensiya turi: O’quv –o’rganish

III. Darsni jihozi: Yozuv taxtasi, bo’r ,5-sinf  Matematika darsligi,ko’rgazmali qurollar,turli rangdagi kartochkalar

IV.Darsni metodi: Aralash, Guruhlarda ishlash

V. Darsni borishi:

Quyidagi sonlami o’qing: 23, 40, 745, 4548, 3400, 62 048, 85 300, 400 632.

a) 4 raqami qatnashgan sonlarrii aniqlang. Busonlarda4 raqami nimani anglatadi?

b) 0 raqami qatnashgan sonlami aniqlang. Bu sonlarda 0 raqami nimani anglatadi?

1.1 Natural sonlar qatori

Narsalarni sanashda ishlatiladigan sonlar natural sonlar deb ataladi.

Har qanday natural son o’nta 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 0 raqamlar bilan ifodalanadi. Sonlarni bunday yozish usuli o’nli sanoq sistemasi deb yuritiiadi.

1 dan boshlab barcha natural sonlami ketma-ket yozib chiqsak,

1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12, 13, 14, 15,16, 17, … ko’rinishdagi natural sonlar qatorini hosil qilamiz.Natural sonlar qatorida 1 eng kichik natural sondir.

Har qanday natural songa 1 ni qo’shsak, natural sonlar qatorida undan keyin keluvchi va undan katta natural son hosil bo’ladi. Shuning uchun natural sonlar qatorida eng katta son yo’q. Chunki, eng katta son bor desak, unga 1 ni qo’shib undan ham katta sonni hosil qilaveramiz.

Natural sonlar qatori cheksizdir, unda eng katta son yo’q.

Sonlarning o’nli yozuvida har bir raqam qiymati uning turgan o’miga bog’liq bo’ladi. Agar, 7 soni yozuvning eng oxirida turgan bo’lsa, 7 ta birlikni, agar oxiridan ikkinchi o’rinda turgan bo’lsa, 7 ta o’nlikni, agar oxiridan uchinchi o’rinda turgan bo’lsa, 7 ta yuzlikni anglatadi va hokazo. Masalan, 7 soni 127 yozuvda – 7 ta birlikni, 472 yozuvda – 7 ta o’nlikni, 780 yozuvda esa – 7 ta yuzlikni anglatadi.

0 raqami o’zi turgan xonada birorta ham birlik yo’qligini bildiradi. Bu belgi nol sonini ifodalashda ham ishlatiladi.

0 natural son emas.

VI.Darsni mustaxkamlash: 1-4 mashqlar sinfda yechiladi

VII. Uyga vazifa. 17-20 mashqlar

Fani:    Matematika      Sinfi:   VI         Sana:                   Dars raqami: 33

I. Darsning mavzusi: Masalalar yechish.

II. Darsning maqsadi:

a) Ta’limiy maqsad: O’quvchilar olgan nazariy bilimlarini amaliyotda tatbiq eta olish

b) Tarbiyaviy maqsad: O’quvchi shaxsini kamol toptirish

c) Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni kasrlar va ularni xossalari haqidagi olgan barcha bilimlarini

d) Kasbga yo’naltiruvchi maqsad: o’quvchilarni kasbga to’g’ri yo’naltirish

Bilimlar:

– 24- 32 darslardagi bilimlar  qamrab olinadi

Ko’nikmalar:

– 24- 32 darslardagi ko’nikmalar  qamrab olinadi

Malakalar:

– 24- 32 darslardagi malakalar  qamrab olinadi

Kompetensiya turi: Bilimlarni amaliyotda qo’llash

III. Darsni jihozi: Yozuv taxtasi, bo’r ,6-sinf  Matematika darsligi,ko’rgazmali qurollar,turli rangdagi kartochkalar

IV. Darsni metodi: Amaliy mashg’ulot

V. Darsni borishi:

294-mashq

1)           2)         3)               4)

1)2)3)4);

295-mashq. Kasrlarni mahraji 45 bo’lgan kasrga alamashtiring:

,,,,,,

VI. Darsni mustaxkamlash:

294-302 mashqlar sinfda yechiladi.

296-mashq. 1)

1) 3⋅(x+6) = 9⋅5;                      2) 2⋅28= 7⋅(x+5)            3) 15⋅5=3(x-3)

x+6 = 45:3;                                    56= 7(x+5)                     75:3= x-3

x= 15-6;                                         x = 56:7-5                       x= 25+3

x = 9;                                             x = 3;                               x= 28;

Javob: x = 9;                                Javob: x = 3;                   Javob: x = 28;

VII. Uyga vazifa. 303-305 mashqlar

Muallif haqida

Foziljon Anapiyayev

Andijon viloyati, Baliqchi tumani.
O‘zbekiston xalq ta’limi a’lochisi
Xozirda nafaqada.

8 ta fikr

Fikr bildiring

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.