E’tiboringizga VI sinf matematika fanidan «Olimpiada IV tur masalalari»ni havola qilyapmiz
1.a soni b sonidan 7 marta katta , b soni c sonidan 5 marta kichik.a,b va c sonlarining EKUB va EKUK ini toping.
2.Agar ikki xonali sondan uning raqamlari yig’indisini ayirsa, shu raqamlar bilan teskari tartibda yozilgan son hosil bo’ladi. Shu sonni toping.
3.Tomonlari butun sonlarda ifodalangan , yuzlari 48 m2 bo’lgan har-xil to’g’ri to’rtburchaklar nechta?
4.Habibullohning puliga ,bu pulning 80% ini qo’shilsa, 9000 so’m bo’ladi.Habibullohda qancha pul bo’lgan?
5.3X3 dm o’lchamli kvadratdan uzunligi 4π dmli aylana qirqib olish mumkinmi?