Testlar

Geometriya-7 tematik test-1(2017)

Siz bu yerda Geometriya fanidan 7-sinf uchun 25 ta test topshirig’i: bundan 18 tasi

javobi tanlanadigan 7 tasi javobi yoziladigan tematik test bilan tanishishingiz mumkin.

Geometriya 7-sinf tematik test-1 (2017)

1.A,B va C nuqtalar bitta to’g’ri chiziqda yotadi,bunda BC kesmaning uzunligi AC kesmaning uzunligidan 3 marta ortiq.AB kesmaning uzunligi esa, BC kesmaning uzunligidan 3,6 sm qisqa.AC kesmaning uzunligini toping.

a) 2,4 sm b)1,2 sm c) 3,6 sm  d) 10,8 sm

2.m va c nurlar orasidagi burchak 1570,n va c nurlar orasidagi burchak esa m va c nurlar orasidagi burchakdan 390 katta.Agar n nur ma c nurlar orasidan o’tgan bo’lsa, <(nc) ni toping.

a) 980 b) 1080 c) 540  d) 590

3.Tekislikda A,B,C,D,E nuqtalar belgilangan.m to’g’ri chiziq tekislikni shunday ikkita yarim tekisliklarga ajratganki, bunda bu nuqtalardan ikkitasi bir yarim tekislikda qolgan uchtasi bir yarim tekislikda joylashadi.ABCDE siniq chiziq tekislikni necha marta kesib o’tadi?

a) 1,3,5 marta b) 1,2,3,4 marta c) 1,2,3,4,5 marta  d) biron marta ham kesib o’tmaydi

4.rasmdagi uchburchakka teng va ikki uchi shu uchburchakning l to’g’ri chiziqda yotgan uchlari bilan ustma-ust tushadigan nechta uchburchak chizish mumkin?

a) 1 b) 2 c) 3   d) 4

5.K,P va M nuqtalar bir to’g’ri chiziqda yotadi, bunda MK= 5,4 sm, KP=8 sm. MP ni toping.

a) 2,6 sm b) 2,6 sm va 13,4 sm c) 13,4 sm  d) 5,4 sm

6.shaklda nechta uchburchak mavjud?

a) 12 ta b) 8 ta c) 5 ta  d) 10 ta

7.To’g’ri chiziqda A,B,C,D,E,F nuqtalar belgilangan.Bu nuqtalar yordamida oxirlari shu nuqtalarda bo’lgan nechta har-xil kesmalar yasash mumkin.

a) 4,5,6 b) 4,6,7 c) 4,5,6,7  d) 3,4,5,6

8.AOB va BOC burchaklar qo’shni burchaklar.Agar BOC burchak AOB burchakdan 1,5 marta kichik bo’lsa, AOB burchakni toping.

a) 800 b) 720 c) 1200   d) 1080

9.MN va KP kesmalar o nuqtada kesishadi,KOM va NOP burchaklar yig’indisi 1340.KON burchakni toping.

a) 440 b) 460 c) 1130   d) 670

10.AB to’g’ri chiziq tekislikni ikkita yarim tekislikka ajratadi.AB to’g’ri chiziqda yotgan O nuqtadan OC va OD nurlar chiqarilgan, bunda AOD burchak AOC burchakdan 3 marta katta.Agar <BOD=1260 bo’lsa, AOC burchakni toping.

a) 420 b) 180 c) 540    d) 320

11.NOK burchak DOM burchakdan 3 marta katta, DOK burchak esa NOK burchakdan 120 ortiq.CON burchakni toping.

a) 280 b) 360 c) 240    d) 480

12.AOM va COM burchaklar qo’shni burchaklar.OK-AOM burchakning bissektrisasi,AOK burchak COM burchakdan 4 marta kichik bo’lsa,KOM burchakni toping.

a) 450 b) 300 c) 360   d) 400

13.Berilgan: <BOC=1480, OM perpendikulyar OC, OK-<COB ning bissektrisasi.<KOM ni toping.

a) 320 b) 160 c) 580    d) 240

14.AB va CD to’g’ri chiziqlar O nuqtada kesishadi.OK-AOD burchakning bissektrisasi,<COK=1180.BOD burchakni toping.

a) 590 b) 640 c) 680    d) 560

15.Berilgan: <COD-<KOD=610, <COD-<KOC=530.<COD ni toping.

a) 1480 b) 1470 c) 1580    d) 1570

16.BD –ABC uchburchakning medianasi ekanligi ma’lum,DE=DB va AB=5,8 sm, BC= 7,4 sm,

AC= 9 sm.CE ni toping.

a) 3,7 sm b) 5,8 sm c) 7,4 sm   d) 4,5 sm

17.OM va ON AOB va COD uchburchakning balandliklari, bunda OM=ON.Agar AO=6,5 sm ,

AM=4,2 sm va DN=5,6 sm bo’lsa, CD ni toping.

a) 2,3 sm b) 12,1 sm    c) 10 sm    d) 9,8 sm

18.Berilgan: MPC= DAB, MP=12 sm, CP= 8 sm, <A= 730.Qaysi fikr to’g’ri?

a) DB=8 sm, AB=12 sm b) <M=730, AB=8 sm c) AD= 12 sm, <P=730  d) AB= 12 sm, <P= 730

19.ABC uchburchak A1B1C1 uchburchakka teng.ABC uchburchakning perimetri 39 smga teng. A1B1C1 uchburchakning A1B1 tomoni B1C1 tomonidan 1,5 marta kichik, A1C1 tomoni esa A1B1 tomonidan 3 sm kichik.ABC uchburchakning eng katta tomonini toping.

20.MPK va BDE uchburchaklarda PC va DN bissektrisalar o’tkazilgan. MPC= BDN.Agar MK= 8 sm, BN NE dan 2,4 sm kichik bo’lsa, NE ni toping.

21.AB to’g’ri chiziq tekislikni ikkita yarim tekislikka ajratadi.A va B nuqtalardan har-xil yarim tekisliklarga teng AD va BC kesmalar o’tkazilgan.Bunda <BAD= <ABC.Qaysi fikrlar to’g’ri?

22.shaklda nechta juft uchburchaklar mavjud?

23.Uchburchakni to’g’ri burchakli 3 bo’g’inli siniq chiziq bilan eng katta sonda nechta teng uchburchakka ajratish mumkin?

24.Teng yonli uchburchakning perimetri 27 sm, bunda asos yon tomondan 4,5 sm katta.Uchburchakning yon tomonini toping.

25.ABC tengyonli uchburchakning perimetri 28 sm. AC- asos, BD-shu uchburchakning balandligi.DBC uchburchakning perimetri 18 sm ga teng bo’lsa, BD ni toping.

Muallif haqida

Foziljon Anapiyayev

Andijon viloyati, Baliqchi tumani.
O‘zbekiston xalq ta’limi a’lochisi
Xozirda nafaqada.

20 ta fikr

Fikr bildiring

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.