Muallif haqida

Foziljon Anapiyayev

Andijon viloyati, Baliqchi tumani.
O‘zbekiston xalq ta’limi a’lochisi
Xozirda nafaqada.

8 ta fikr

  • Assalomu aleykum Foziljon aka. Hozirgi paytda 10-11 sinflarda o’qitilayotgan matematika darsliklari haqida fikrlaringiz? Mening fikrimcha ular hozirgi o’quvchilar o’rganishida qiyinchilik tug’diradi, bizning o’quvchilar hali unga tayyor emas chamda. Geometriyaku broun harakatining o’zginasi…

    • Foziljon aka . E’tiboringiz uchun raxmat. Lekin avval o’qituvchilarni shunga tayyorlash kerak. Viloyatlardagi malaka oshirish kurslari dasturlari ham yangi dasturga to’liq o’tib bo’lmagan. Viloyatlardagi juda ko’p o’qituvchilar kitobni (darslikni) yig’ishtirib axborotnoma 1996-2018 dan foydalanmoqda. Bu ochiq haqiqat. Vaholanki har yili 500. 000 dan ortiq o’quvchi shu darslikdan ta’lim olmoqda. Men o’zimdan qo’rqayotganim yo’q. Seminarlarda o’qituvchilar darajasini ko’rib qiynalyapman. 21 yildan beri repetitorlik bilan shug’ullanib kelmoqdaman. ,,Repetitor» gazetasida ekspertman. Yutubeda videodarslar joylashtira boshladim. Mutaxassis sifatida ko’rib baho berishingiz mumkin. Men umumiylik nuqtaiy nazaridan aytmoqdaman. Darslik qanchalik murakkablashsa qiziquvchilar soni shuncha kamayadi. Bizga sinfdagi 35 dan 3 bolani qiziqtiradigan emas kamida 17-18 tasini qiziqtiradigan mavzular kerak. Jahon standarti darajasiga to’xtaladigan bo’lsak, u islohotni oliy ta’limdan boshlash kerak. 5-6 maktabda sinalgan darslikni butun respublikaga tatbiq qilish mantiqan noto’g’ri yoki o’qituvchi bilganini o’quvchi har doim anglayvermaydi deb o’ylayman.

      • Fikrlaringizga qo’shilaman.Darslikni murakkabligiga kelsak zamonaviy AKT vositalaridan ko’pchilik foydalanishni istashmayapti.O’quvchilarga ko’proq axborot berish kerak.O’quvchilarni qiziqtirish haqida saytda maqola bor o’qib chiqishingizni maslaxat beraman.Ishlaringizga muvaffaqiyat tilayman.

Fikr bildiring

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.