Hurmatli saytimiz foydalanuvchilari e’tiboringizga mamnuniyat bilan
bir xushxabar yetkazmoqchimiz.
Xalq ta’limi vazirining 2017-yil 20-fevraldagi 60-sonli buyrug‘iga asosan
“Xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi veb-sayt – 2017” ko‘rik-tanlovi boshlandi.
Ko‘rik-tanlovda 2-nominatsiya – “Eng yaxshi o‘qituvchi veb-sayti” nominatsiyasi bo‘yicha matematika.uz saytimiz Andijon viloyatida 1-bosqichda g‘olib chiqib, 2-respublika bosqichida qatnashish sharafiga muyassar bo‘ldi. Bu muvaffaqiyatda siz aziz foydalanuvchilarning ham katta hissalaringiz bor. Bizni qo‘llab-quvvatlagan barcha saytimiz mushtariylariga minnatdorchilik bildiraman.
Hurmat bilan,
Foziljon Anapiyayev
Ajoib kerakli malu’motlar bor ekan rahmat
Sizga ham rahmat e’tibor uchun.