Aziz saytimiz mushtariylari e’tiboringizga matematika fanidan
7-sinf o’quvchilariga mo’ljallangan «Olimpiada VI tur masalalari»
taklif etilyapti yechib ko’rishga harakat qiling.
- Uchburchakning ikkita tomoni mos ravishda 2 sm va 13 sm.Agar uchburchakning uchinchi tomoni 7 ga karrali butun son bo’lsa, shu tomonni toping.
- ABCD kvadratning AB tomonida ixtiyoriy M nuqta belgilangan.<CDM ning bissektrisasi BC tomonni N nuqtada kesib o’tadi.AM+NC=DM ekanligini isbotlang.
- To’rtta aka-ukada 32 000 so’m pul bor.Agar I akani pulini 7 marta oshirilsa, II akani pulini 7 marta kamaytirilsa, III akani pulini 7 marta oshirilsa va IV akani pulini 7 marta kamaytirilsa , u holda aka-ukalarda bir xil miqdordapul qoladi.Dastlab aka-ukalarda qanchadan pul bo’lgan?
- 3x4+16 ikki hadni uchta kvadratlar yig’indisi ko’rinishida ifodalang.
- 100 ta hashorot 100 kunda 200 kg don yeydi.10 ta hashorot 10 kunda qancha don yeydi?