Siz bu yerda saytimizda muntazam o’tkazib kelinayotgan matematika fanidan
5-sinf o’quvchilariga mo’ljallangan «Olimpiada VII tur» masalalari bilan tanishishingiz mumkin.
Topshiriqlar endi 10 ta masaladan iborat bo’ldi.
5- sinf VII tur olimpiada masalalari.
1. ko’paytma nechta 0 bilan tugaydi?
2. A shahardan B shaharga 3 ta yo’l boradi, B shahardan C shaharga 5 ta yo’l boradi.A shahardan C shaharga B shahar orqali nechta har-xil marshrut bilan borish mumkin?
3. 1,2,3,…,2007 sonlar ketma-ketligi berilgan.Ixtiyoriy ikkita sonni o’chirib o’rniga ularning ayirmasi yozilishiga ruhsat etiladi.Agar oxirida 1 ta 0 qolsa, qayerdadir hato qilinganini isbotlang.
4. Agar uch xonali sonni ikki chekkasidagi sonlar yig’indisi o’rtadagi songa teng bo’lsa, u holda son 11 ga bo’linadi.Shuni isbotlang.
5. Ikki xonali son va uning raqamlari yig’indisi ayirmasini o’nlar xonasidagi songa nisbati 9 ga tengligini isbotlang.
6. Agar 225 kg rudadan 34,2 kg mis olinsa,mis rudaning necha foizini tashkil qiladi?
7. 400 va 600 li burchaklar umumiy tomonga ega.Qanday burchak bularning umumiy tomoni bilan katta burchakni bissektrisasi bo’ladi?
8. Agar M(x) nuqtadan nuqtagacha masofa sonlar nurida 5 ga teng bo’lsa, x ni toping.
9. Berilgan misolda nechta surati 1 bo’lgan kasr tushib qolgan?
10. Sonni 7 ga bo’lganda to’liqsiz bo’linma 5 va qoldiq to’liqsiz bo’linmadan 1 ga ortiq bo’ldi.Qanday sonni 7 ga bo’lingan?