Bilimlar bellashuvi va olimpiadalar

Olimpiada VII tur masalalari(6-sinf)

Siz bu yerda saytimizda muntazam o’tkazib kelinayotgan matematika fanidan

6-sinf o’quvchilariga mo’ljallangan «Olimpiada VII tur» masalalari bilan

tanishishingiz mumkin.Topshiriqlar endi 10 ta masaladan iborat bo’ldi.

6- sinf VII tur olimpiada masalalari

 1.   76*4*8 sonida * larni raqamlar bilan shunday alamshtiringki,natijada hosil bo’lgan son 72 ga bo’linsin.Barcha shunaqa sonlarni toping.

2.   Ishchining maoshi dastlab 10%, bir qancha vaqtdan keyin 15% ga oshirildi.Ishchining maoshi hammasi bo’lib necha % ga ortgan?

3.    Muhsinjon va Humoyun 25 so’mga tennis koptogi sotib oldi.Humoyunda Muhsinjondagidan 2 marta kam va yana 1 so’m bo’lgan bo’lsa, har bir bola qanchadan pul qo’shgan.

4.    Bir vaqtning o’zida ham kvadrat ham kub bo’lgan ikki xonali sonni toping.

5.    x-6=2ax tenglamani yeching.

6.    Poyezd ustun yonidan bir xil tezlikda 7 sekundda o’tdi.378 metrli ko’prikdan esa 25 sekundda o’tgan bo’lsa, poyezdning uzunligini toping.

7.    17 ta o’quvchi 100 ta tarvuz yig’dilar.Ulardan kamida ikkitasi birxil sonda tarvuz yiqqanligini isbotlang.

8.   -1002-1001-1000-999- …+1002+1003+1004 yig’indini toping.

9.    Berilgan: 100= 100+98+96+…+x.Tenglikning o’ng tomonida nechta qo’shiluvchi bo’lgan?

10.  uch xonali sonda (raqamlari har-xil). munosabat bajarilsa shu uch xonali sonni toping.

 

Muallif haqida

Foziljon Anapiyayev

Andijon viloyati, Baliqchi tumani.
O‘zbekiston xalq ta’limi a’lochisi
Xozirda nafaqada.

Fikr bildiring

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.