Bilimlar bellashuvi va olimpiadalar

Olimpiada VII tur masalalari(8-sinf)

Siz bu yerda saytimizda muntazam o’tkazib kelinayotgan matematika fanidan

8-sinf o’quvchilariga mo’ljallangan «Olimpiada VII tur» masalalari bilan

tanishishingiz mumkin.Topshiriqlar endi 10 ta masaladan iborat bo’ldi.

8- sinf VII tur olimpiada masalalari

 1.      Oxy koordinatalar tekisligida  tengsizlik bilan berilgan nuqtalarni geometrik o’rnini tasvirlang.

2.      Shifrlangan raqamlarni toping. OYK=KUN

3.      ABCD trapetsiyada AC diagonalida E nuqtani shunday olinganki , SABC=SDEC ekanligini isbotlang.

4.      Tenglamani natural sonlarda yeching: x3-27y3= 37

5.      Bolalar bog’chasida 45 ta bola ikki xil rangli kubiklardan balandligi 5 ta kubikka teng minora yasashdi.Bu minoralar orasida ikkita bir xil minoralar topilishini isbotlang.

6.      1313 sonining o’ng tomoniga qanday ikkita raqam qo’yilsa ,hosil bo’lgan olti xonali son 53 ga bo’linadi?

7.       y2= x2+x3 tenglamani hech bo’lmaganda 19 ta butun yechimini toping.

8.      x9+5x5+x4+4x+4 ko’phadni butun koeffitsiyentli ko’paytuvchilarga ajrating.

9.     24X11 o’lchamli to’g’ri to’rtburchakdan 5X8 o’lchamli to’g’ri to’rtburchak qirqish mumkinmi?

10.   Qahvaxonaning taomnomasida 5 ta 1-, 8 ta 2- va 4 ta 3- taomlar bor.Shu uch xil taomdan necha xil usul bilan tushlik tayyorlash mumkin?

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Muallif haqida

Foziljon Anapiyayev

Andijon viloyati, Baliqchi tumani.
O‘zbekiston xalq ta’limi a’lochisi
Xozirda nafaqada.

2 ta fikr

Fikr bildiring

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.