Siz bu yerda saytimizda muntazam o’tkazib kelinayotgan matematika fanidan
9-sinf o’quvchilariga mo’ljallangan «Olimpiada VII tur» masalalari bilan
tanishishingiz mumkin.Topshiriqlar endi 10 ta masaladan iborat bo’ldi.
9- sinf VII tur olimpiada masalalari
1.Tenglamani yeching: (1+x2)2=4x(1-x2)
2.KLMT trapetsiyada KL=MT, diagonal MK= 8m va <MKT=750.Trapetsiyaning yuzini toping.
3.Ketma-ket kelgan bir nechta juft sonlarning yig’indisi 100 ga teng .Shu sonlarni toping.
4.ABC uchburchakda BC=14 dm, BD-mediana,<ABD=450,<CBD=300.AB va BD ni toping.
5.O’zining raqamlari ko’paytmasiga bo’linuvchi nechta ikki xonali son mavjud?
6.Rombning perimetri 2p sm, diagonallari yig’indisi m sm.Rombning yuzini toping.
7.Uch xonali sonning raqamlari yig’indisi 17 ga teng.Agar shu sondan shu raqamlar bilan teskari tartibda yozilgan son ayirilsa,792 hosil bo’ladi.Shu uch xonali sonni toping.
8.Parallelogrammning tomonlari 11 m va 23 m, diagonallari 2:3 nisbatda,Diagonallari uzunligini toping.
9.Tenglamalar sistemasini yeching:
10.Arifmetik progressiyaning dastlabki 10 ta hadining yig’indisi 140,a2a9=147.Agar u o’suvchi bo’lsa, shu progressiyani toping.
Assalomu alaykum Foziljon domla men Farg’ona viloyati beshariq tumanidanman meni ismim Sohibjon men sizga bir masala jonatayapman iltimos shuni ishlashda yordam bersayiz diman oldindan RAHMAT!!!!!!!!!. .. N natural son uni roppa rosa k ta bo’luvchisi bor 1=d1<d2<d3< … <dk=N N=d1^2+d2^2+d3^2+d4^2 bo'lsa Nni aniqlang?
130 bo’luvchilari 1,2,5,10,13,26,65,130. 130= 1^2 +2^2+5^2+10^2; Javob: N=130.