Siz bu yerda saytimizda muntazam chop etilayotgan matematika fanidan 6-sinf o’quvchilariga mo’ljallangan «Olimpiada» turkum maqolalaridan navbatdagi «Olimpiada IX tur» masalalarini e’tiboringizga havola qilyapmiz.Berilgan masalalarni yechib ko’rishga harakat qiling.
6- sinf IX tur olimpiada masalalari
1.) MNPK to’g’ri to’rtburchak berilgan. Bunda M(-2;-2), N(5;-2) , K(5;3) va P(-2;3).Quyidagilarni qo’sh tengsizlik ko’rinishida ifodalang:
a) to’g’ri to’rtburchakning barcha nuqtalari abssissalarini;
b) to’g’ri to’rtburchakning barcha nuqtalari ordinatalarini
2) Kitob 160 betli.O’quvchi 1-kuni kitobning ¼ qismini, 2-kuni qolganining 65 %i ni ,3-kuni esa qolgan qismini o’qidi.O’quvchi har kuni necha betdan o’qigan?
3) Agar ikki xonali sonning raqamlari orasiga 1 yozilsa, u holda hosil bo’lgan uch xonali son berilgan sondan 9 marta katta bo’ladi. Shu sonni toping.
4) Yarimi raqamlari yig’indisiga teng bo’lgan barcha ikki xonali sonlarni toping.
5) Oralaridagi masofa 1231 km bo’lgan ikkita shahardan ikkita poyezd bir-biriga qarab har –xil vaqtda yo’lga chiqib ma’lum vaqtdan so’ng uchrashdi.1-poyezdning tezligi 50 km/soat, 2-poyezdning tezligi esa 59 km/soat.1-poyezd 700 km yo’l yurgandan keyin 2-si bilan uchrashdi.Ulardan biri ikkinchisidan necha soat oldin yo’lga chiqqan?
6) Taqinchoq oltin va misdan tashkil topgan.Taqinchoqdagi misning miqdori oltinga nisbatan 3:5 nisbatda.Taqinchoqda misning miqdori 60 g bo’lsa, taqinchoqda qancha oltin bor?
7) Tenglamani yeching:
8) Maktabda 29 ta sinfda 1000 ta o’quvchi bor.Maktabda 35 ta o’quvchidan kam bo’lgan sinf mavjudmi?
9) 3x3x3 o’lchamli kubni bo’yash uchun 3 gramm bo’yoq ketadi.6x6x6 o’lchamdagi kubni bo’yash uchun qancha bo’yoq ketadi?
10)79 ta otni 13 ta otxonaga joylashtirildi.Nima uchun albatta biron otxonadagi otlarning soni toq bo’lishini isbotlang.