Siz bu yerda saytimizda muntazam chop etilayotgan matematika fanidan 5-sinf o’quvchilariga mo’ljallangan «Olimpiada» turkum maqolalaridan navbatdagi «Olimpiada VIII tur» masalalarini e’tiboringizga havola qilyapmiz.Berilgan masalalarni yechib ko’rishga harakat qiling.
5- sinf VIII tur olimpiada masalalari
1. Birinchi va ikkinchi sonlarning ayirmasi uchunchi va birinchi sonlarning ayirmasiga teng.Birinchi sonni ikkinchi va uchinchi sonlarning o’rta arifmetigi ekanligini isbotlang.
2. 1 dan 1000 gacha bo’lgan natural sonlar yig’indisini toping.
3. 1 dan 1000 gacha bo’lgan barcha juft sonlar o’rta arifmetigi kattami barcha toq sonlar o’rta arifmetigi kattami?
4. Bobosi liftda nabirasi zinada 7-qavatga 36 sekundda ko’tarilishdi.Har biri bir qavatga necha sekundda ko’tarilishdi?
5. Bir metrni ikki qismga shunday ajratingki , ularning ayirmasi 13 bo’lsin.
6. Yig’indisi 1001 bo’ladigan ikkita ketma-ket natural sonlarni toping.
7. 1 dan 9 gacha bo’lgan sonlar orasiga «+» va «–» amallarini qo’yib 40 hosil qilish mumkinmi?
8. Uchta butun sondan har doim ikkitasining yig’indisi 2 ga bo’linadigan sonlar topilishini isbotlang.
9. 20007425 sonidan beshta raqamni shunday o’chiringki qolgan son eng katta bo’lsin.
10. Eng katta bir xonali songa necha marta eng katta uch xonali sonni qo’shganda eng katta to’rt xonali son hosil bo’ladi?
sizda arifmetikadan masalalar toplami bormi bolsa saytga qoying yoq bolsa rahulbekda bor 1 korishni maslahat beraman
bu sahifa Juda ham kayfiyatni ko’taradi. Yana bitta «Ajoyib fokuslar» nomli sahifa tashkil qilsangiz . oldindan rahmat
Taklif uchun rahmat.