Bilimlar bellashuvi va olimpiadalar

Olimpiada VIII tur masalalari (7-sinf)

Siz bu yerda saytimizda muntazam chop etilayotgan matematika fanidan 7-sinf o’quvchilariga mo’ljallangan «Olimpiada» turkum maqolalaridan navbatdagi «Olimpiada VIII tur» masalalarini  e’tiboringizga havola qilyapmiz.Berilgan masalalarni yechib ko’rishga harakat qiling.

7- sinf VIII tur olimpiada masalalari

  1. ABCD trapetsiyada AD-katta asos, BC-kichik asos, AC- A burchakning bissektrisasi. ABC uchburchakni teng yonli ekanlgini isbotlang.
  2. Rasmda qanday funksiyaning grafigi tasvirlangan?
  3. n ning ixtiyoriy qiymatida n3+17n sonning 6 ga bo’linishini isbotlang.

4.Har qanday  x≠ 0, y ≠0 da x2+xy+y2 >0 ekanligini isbotlang.

  1. Qulay usulda hisoblang: 

6.Kvadratning har bir tomoni 40% ga orttirildi.Kvadratning yuzi qancha foizga ortgan?

  1. Ikki xonali sonning raqamlari yig’indisi 11 ga teng.Agar bu songa 27 qo’shilsa , u holda shu raqamlar bilan ammo teskari tartibda yozilgan son hosil bo’ladi.Shu sonni toping.
  2. Kasrni qisqartiring: 
  1. Tenglamani yeching:

  1. Ikkita guruh bir ishni 12 kunda tugatishi kerak edi.8 kun guruhlar birga ishlaganlaridan keyin ,1-guruh boshqa ishga o’tib ketdi, shuning uchun qolgan ishni 2-guruh 7 kunda tugatdi.Har bir guruh alohida-alohida ishlaganlarida 2-guruh 1-guruhga qaraganda qancha kun oldin tugatar edi?

Muallif haqida

Foziljon Anapiyayev

Andijon viloyati, Baliqchi tumani.
O‘zbekiston xalq ta’limi a’lochisi
Xozirda nafaqada.

Fikr bildiring

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.