Siz bu yerda saytimizda muntazam chop etilayotgan matematika fanidan 5-sinf o’quvchilariga mo’ljallangan «Olimpiada» turkum maqolalaridan navbatdagi «Olimpiada X tur» masalalarini e’tiboringizga havola qilyapmiz.Berilgan masalalarni yechib ko’rishga harakat qiling.
5- sinf X tur olimpiada masalalari
1) Toshko’mirni 1% i suvdan iborat.Bir qancha vaqt suv bilan to’yintirgandan so’ng, undagi suvning miqdori 10% ni tashkil qildi.100 tonna qazib olingan ko’mirning og’rligi qanchaga ko’paygan?
2) Agar o’tgan vaqt sutkaning qolgan vaqtini 25 % ini tashkil qilsa, xozir soat necha?
3) 650-probadan 3 kg va 720-probadan 2 kg olib qotishma tayyorlandi.Qanday probali qotishma hosil bo’ldi?
4) rasmda nechta to’g’ri to’rtburchak tasvirlangan.Har bir kvadratning yuzi 1sm2.
5) Haltada 7 ta olma bor.Bu olmalarni 7 ta bolaga 1 tadan tegib haltada 1 ta olma qoladigan qilib bo’lish mumkinmi?.
6) 14 ta stulni kvadrat shaklida shunday qo’yingki , kvadratning har bir tomonida stollar soni teng bo’lsin.
7) 1,2,3,…,9 sonlaridan bir martadan foydalanib, uchburchak tomonlariga bu sonlarni shunday joylashtiringki har bir tomondagi sonlar yig’indisi 20 ga teng bo’lsin.
8) Ikkita poyezd parallel yo’llardan 60km/soat va 70 km/soat tezliklar bilan bir-biriga qarama-qarshi harakatlanyaptilar.Ikkinchi poyezdda o’tirgan yo’lovchi o’zining oldidan 1-poyezdning 4 sekundda o’tib ketganligi ma’lum bo’lsa, 1-poyezdning uzunligini toping.
9) 7n+1 ko’rinishdagi sonlar ichidan 10 ga bo’linadigan dastlabki uchta sonni toping.
10) 18:x= 9-x tenglamani yeching.