Siz bu yerda saytimizda muntazam chop etilayotgan matematika fanidan 8-sinf o’quvchilariga mo’ljallangan «Olimpiada» turkum maqolalaridan navbatdagi «Olimpiada X tur» masalalarini e’tiboringizga havola qilyapmiz.Berilgan masalalarni yechib ko’rishga harakat qiling.
8- sinf X tur olimpiada masalalari
1) ABC uchburchakni uchta medianasiga ko’ra AC= b tomoni uzunligini toping.
2) Trapetsiyaning asoslari a va b.Diagonallari o’rtalarini tutashtiruvchi kesma uzunligini toping.
3) To’rt xonali biror sonni kvadrati bo’ladigan son ,qaysiki raqamlarining yig’indisi o’zining dastlabki ikkita raqamidan tuzilgan songa teng bo’ladigan, bunda dastlabki ikkita va oxirgi ikkita sonlar ham kvadrat bo’ladigan sonni toping.
4) Ikki xonali sonning raqamlari kublarining yig’indisi 35 ga teng.Agar bu sondan 9 ni ayirilsa, shu raqamlar bilan yozilgan son teskari tartibda yozilgani hosil bo’ladi. Shu sonni toping.
5) tenglamani grafigini yasang.
6) x2-5x+6= 0 tenglamani yechmasdan ildizlari kublari yig’indisini toping.
7) tenglamani yeching.
8) n3+3n2-4 ko’rinishidagi 19 ga bo’linadigan eng kichik natural sonni toping.
9) Aylanaga ichki chizilgan to’g’ri burchakli trapetsiya berilgan.Agar Aylananing markazidan kata yon tomon oxirlarigacha bo’lgan masofalar 6 va 8 dm bo’lsa, shu trapetsiyaning o’rta chizig’ini toping.
10) 30 % li kislotaga 10 % li kislota aralashtirilib 15 % li 600 gramm aralashma tayyorlandi.Har bir kislotadan necha grammdan olingan.
Baliqchi met kollejga kirish savollari topa olmayabman yordam bersamgi
Saytdagi testlarni yechib chiqing.Imtihonga tayyor bo’lasiz