Siz bu yerda saytimizda muntazam chop etilayotgan matematika fanidan 5-sinf o’quvchilariga mo’ljallangan «Olimpiada» turkum maqolalaridan navbatdagi «Olimpiada XI tur» masalalarini e’tiboringizga havola qilyapmiz.Berilgan masalalarni yechib ko’rishga harakat qiling.
5- sinf XI tur olimpiada masalalari
1) 10 ta qog’oz bor edi.O’quvchi bu qog’ozlardan bir nechtasini 4 bo’lakka bo’ldi.Natijada qog’ozlar soni 28 ta bo’ldi.O’quvchi nechta qog’ozni bo’lakka bo’lgan?
2) Kitobni raqamlash uchun 1992 ta raqam kerak bo’ldi.Bu kitob necha betli?
3) 11 ta futbolchining o’rtacha yoshi 24 yosh.Bir futbolchi o’yindan chetlatildi, lekin qolgan futbolchilarning o’rtacha yoshi o’zgarmay qoldi.Maydondan chetlatilgan futbolchining yoshi nechada?
4) Uchta to’g’ri chiziqda 3 ta nuqtani shunday belgilangki,har bir to’g’ri chiziqda 2 tadan nuqta yotsin.
5) Agar 720 g suvga 80 g tuz qo’shilsa,aralashmaning konsentratsiyasi qancha bo’ladi?
6) A nuqtada turgan kuchuk o’zidan 30 m masofadagi tulkini quvib ketdi.Kuchukning bir sakrashi 2 m, tulkiniki esa 1m.Tulki 3 marta sakraganda kuchuk 2 marta sakraydi.Kuchuk A nuqtadan qanday masofada tulkiga yetib oladi?
7) 15 000 sonini 2 qismga shunday ajratingki, 1-sini 5% i va 2- sini 7 % i birgalikda hamma sonning 6,5 % iga teng bo’lsin.
8) Rebusni yeching:
9) 20056+20066+20076 yig’indi qanday raqam bilan tugaydi?
10) 10 metrli ustunga qurt o’rmalab chiqyapti.Agar qurt kunduzi 5 metr ko’tarilib kechqurun 4 metr pastga tushsa , necha kundan so’ng qurt ustunning yuqorisiga chiqadi?