Bilimlar bellashuvi va olimpiadalar

Olimpiada matematika 2017(6-sinf)

Siz bu yerda saytimizda muntazam chop etilayotgan matematika fanidan 6-sinf o’quvchilariga mo’ljallangan «Olimpiada» turkum maqolalaridan navbatdagi «Olimpiada XI tur» masalalarini  e’tiboringizga havola qilyapmiz.Berilgan masalalarni yechib ko’rishga harakat qiling.

6- sinf XI tur olimpiada masalalari

1) Pifagordan so’rashdi.Sizning to’garagingizga qancha o’quvchi qatnashadi? Pifagor javob berdi:-o’quvchilarimni yarmi matematika bilan,to’rtdan biri musiqa bilan,yettidan biri jim o’tiribdi va yana uchta ayol ham bor.

2) n ning ixtiyoriy qiymatida kasrni qisqarmas ekanligini isbotlang.

3) Ikki xonali son va uning raqamlari ko’paytmasi ayirmasi uning raqamlari yig’indisi to’rtlanganiga teng.Shu sonlarni toping.

4) Ikki xonali son o’zining o’nlar xonasidagi sonnning kvadrati bilan birlar xonasidagi sonning kubini yig’indisiga teng.Shu sonni toping.

5) O’zining raqamlari yig’indisidan 19 marta kata bo’lgan eng kata uch xonali sonni toping.

6) Xovuz 1-jo’mrak orqali 5 soatda to’ladi,2-jo’mrak orqali 6 soatda bo’shaydi.Agar ikkala jo’mrak bir vaqtda ochib qo’yilsa, xovuz necha soatdan keyin to’ladi?

7) To’g’ri burchak uch qismga shunday bo’linganki, ikkinchi burchakning kattaligi uchinchi burchak kattaligidan 100 katta va birinchi burchak kattaligidan 100 kichik.Har bir burchakning gradus o’lchovini toping.

8) 4,8% i   kasrga teng bo’lgan sonni toping.

9) 125 sonini to’rt qismga shunday bo’lingki, 1-qismni 2-qismga nisbati 2:3, 2-qismni 3-qismga nisbati 3:5 va 3-qismni 4-qismga nisbati 5:6 kabi bo’lsin.

10) Ikki xonali son va uning raqamlari ko’paytmasini ayirmasi  birlar xonasidagi son kvadratiga teng bo’lgan barcha shunday sonlarni toping.

 

 

 

 

 

Muallif haqida

Foziljon Anapiyayev

Andijon viloyati, Baliqchi tumani.
O‘zbekiston xalq ta’limi a’lochisi
Xozirda nafaqada.

4 ta fikr

Fikr bildiring

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.