Bilimlar bellashuvi va olimpiadalar

Olimpiada matematika XII tur (5-sinf)

Siz bu yerda saytimizda muntazam chop etilayotgan matematika fanidan 5-sinf o’quvchilariga mo’ljallangan «Olimpiada» turkum maqolalaridan navbatdagi «Olimpiada XII tur» masalalarini  e’tiboringizga havola qilyapmiz.Berilgan masalalarni yechib ko’rishga harakat qiling.

5- sinf XII tur olimpiada masalalari

1) Agar ikkita natural sonlarning yig’indisi 17 dan kichik bo’lsa, ularning ko’paytmasi 64 dan katta emasligini isbotlang.

2) 1 dan 50 gacha bo’lgan sonlar raqamlarining yigindisini toping.

3)  kasr berilgan.  kasr hosil bo’lishi uchun berilgan kasrning surat va mahrajidan qanday sonni ayirish kerak?

4) Borsa kelmas orolida 7 ta kulrang, 12 ta yashil va 11 ta qizil rangli buqalamunlar yashaydilar.Ikkita har xil rangdagi buqalamunlar uchrashganda  ular ranglarini uchinchi rangga almashtiradilar.Barcha buqalamunlarning ranglari bir xil bo’lib qolishi mumkinmi?

5) Motosiklchi MN masofani 10 soatda bosib o’tadi.Shu masofani 8 soatda bosib o’tishi uchun , motosiklchi tezligini necha % ga oshirish kerak?

6) 9 ta nuqta rasmda tasvirlangandek joylashgan.Bir uchi A nuqtada qolgan uchlari qolgan nuqtalarda joylashgan nechta uchburchak yasahs mumkin?

7) n –natural son.n=1,2,3,…,13 da    n2+n+17  ko’rinishdagi son tub son.Har qanday n∈ N da tub son bo’ladimi?

8) 101 ta son ichidan ikkitasining ayirmasi 100 ga bo’linidigan sonlar tanlash mumkinligini isbotlang.

9) n ning qanday qiymatlarida 3n>1000 tengsizlik o’rinli?

10) n ning qanday eng kichik qiymatida n2+2n 19 ga bo’linadi?

 

 

 

Muallif haqida

Foziljon Anapiyayev

Andijon viloyati, Baliqchi tumani.
O‘zbekiston xalq ta’limi a’lochisi
Xozirda nafaqada.

2 ta fikr

Fikr bildiring

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.