Men haqimda

Men Anapiyayev Foziljon 1958-yil Andijon viloyati, Baliqchi tumani, Olimbek QFY Do‘ngsaroy MFYda tug‘ilganman. 4 nafar farzandim bor. 1963-yil 15-umumta’lim maktabining 1-sinfiga o‘qishga qabul qilindim. 1967-yildan 1970-yilgacha 10-umumta’lim maktabida 8-sinfgacha o‘qidim. 1971-1973-yillari 6-umumta’lim maktabida o‘qib, 1973-yili maktabni muvaffaqiyatli tamomladim. 1974-yil Toshkent Davlat Universitetining matematika fakultetiga o‘qishga kirib 1979-yili tamomladim. 1981-yil 1-dekabrdan Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabida matematika fanidan dars berib kelmoqdaman. Ish faoliyatim davomida Baliqchi tuman metodika kengashining qaroriga asosan 2009-yilda «Formulalar” va 2 qismdan iborat «Iqtidorli o‘quvchilar uchun masalalar to‘plami” kitoblarim chop etilgan.Turli internet saytlari va respublika matbuotida maqolalarim chop etilgan. 2016-yil 8-9-noyabr kunlari Toshkent shahrida «Aniq va tabiiy fanlar respublika forumi»da Andijon viloyatidan vakil bo‘lib qatnashdim. 2016-yil «O‘zbekiston xalq ta’limi a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandim. Bundan tashqari matematika.uz saytini tashkil qilganman.2018-yil fevral oyidan nafaqadaman.

         

Andijon viloyati Baliqchi tumani 15-o’rta ta’lim maktabi haqida

UMUMIY MA’LUMOT

  1. Muassasaning to‘liq nomi: Baliqchi tumani 15-o’rta ta’lim maktabi
  2. Muassasaning tashkil topgan vaqti: 1972 yil
  3. Muassasaning dastur asosida ta’mirlanganligi:2012 yil
  4. Muassasaning quvvati: 160 o‘quvchi o‘rinli
  5. Navbatliligi: 2
  6. O‘quvchi soni: 210 nafar, shundan qizlar 123 nafar
  7. Muassasa manzili: Baliqchi tumani,Olimbek QFY, Do‘ngsaroy MFY
  8. Muassasa sport inshootining tipi:
  • Futbol maydoni- 90×45
  • Voleybol maydoni- 9×18
  • Basketbol maydoni -15×28

15-umumta’lim maktabi direktori: K .To’shpo’latov